Robert Levandovski Ispaniya kubogi doirasida "Atletik"ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirgan (1:1) golga mualliflik qilgandi, yakunda kataloniyaliklar 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hujumchi 26-daqiqada himoyachi Yuri Berchichening jarima maydonchasidan to‘pni qaytarishdagi muvaffaqiyatsiz urinishi evaziga gol urdi.
Polyak o‘zining so‘nggi oltita o‘yinida to‘rtta gol urdi. U "blaugrana" safida 74 ta o‘yinda 45 ta gol urgan.