Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 8 soat davom etgan o‘yinda niderlandiyalik uchinchi shaxmatchini mag‘lub etdi

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov 8 soat davom etgan o‘yinda niderlandiyalik uchinchi shaxmatchini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turnirida kecha 10-tur bahslari o‘tkazildi.

Turnirning Masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu turda niderlendiyalik Maks Varverdamga qarshi qora donalarda o‘ynadi.

Debyutdagi 20 ta yurishdan keyin vaziyat teng edi. Keyin esa mezbon sportchi 2-3 xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, Abdusattorov kuchli yurishlarni topa boshladi va 30-yurishga kelib yutuqli vaziyatga ega bo‘ldi. Boz ustiga, raqib seytnot holatiga tushib qoldi. Shunga qaramay, Varverdam aniq yurishlarni topa boshladi va vaziyatni tenglashtirdi.

Aynan vaqt qo‘shiladigan paytga kelib (39-yurish) Nodirbek bir piyodani qurbon berib, boshqasini asrab qolish kerak bo‘lgan paytda bu yurishni topa olmadi va xato yurishni amalga oshirdi. Shundan so‘ng ustunliklik Maks tomoniga o‘tib ketdi.

Ammo raqibning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi. Niderland shaxmatchisi 42-yurishdan "tekin" piyodani urib, noaniqlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, Farzin bilan keyingi yurishda qo‘pol xato qildi. Natijada vaziyat tenglashdi.

Abdusattorov esa bundan unumli foydalanib, asta-sekin raqibni qiyin vaziyatga tushira boshladi hamda 71-yurishga kelib g‘alabani rasmiylashtirdi.



Ushbu g‘alaba tufayli Abdusattorovning ochkolari 6,5 taga yetdi va u peshqadamlikni mustahkamladi. Hindistonlik Domaradju Gukesh hisobida ham shuncha ochko bor.

Tata Steel Chess-2023 musobaqasida bugun dam olish kuni. Hamyurtimiz ertaga xitoylik ayol Ju Venjunga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:15, 25.01.2024.
O'qildi: 6956 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.