Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Men shunchaki hayot nima ekanligini tushunmoqchiman — Kloppning "Liverpul"dan ketishi haqidagi ta’sirli so‘zlari

Men shunchaki hayot nima ekanligini tushunmoqchiman — Kloppning "Liverpul"dan ketishi haqidagi ta’sirli so‘zlari

Baho:
+ | -

“Mavsum oxirida klubni tark etishga qaror qildim. Tushundimki, ko‘pchilik buni birinchi marta eshitganda, bu hayratlanarli tuyuladi. Lekin men buni tushuntira olaman. Hech bo‘lmaganda harakat qilib ko‘raman.

Menga bu klub haqida hamma narsa yoqadi. Men bu shaharni yaxshi ko‘raman. Muxlislarni, jamoani, barcha xodimlarni yaxshi ko‘raman. Lekin hali ham bu qarorni qabul qilaman, buni qilishim kerakligiga aminman. Menda energiya yo‘q. Bu ishni qayta-qayta bajara olmayman. Hozir menda hech qanday muammo yo‘q, lekin ertami-kechmi buni e’lon qilishim kerakligini bilardim. Biz birga o‘tkazgan yillarimizdan keyin, birga boshdan kechirganimizdan keyin, men sizga haqiqatni aytishim kerak. Va bu haqiqat.

Men yaxshiman, sog‘lomman - tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Noyabr oyida klubga qaror haqida aytgandim... Shu o‘rinda odamlarga qanday ish bilan shug‘ullanishimni biroz tushuntirishim kerak. Mavsum boshlanmoqda va siz ko‘p narsalarni rejalashtiryapsiz: rahbariyat bilan yozda bo‘lajak transferlar, qayerga borishimiz mumkinligi va yana ko‘p narsalarni muhokama qildik. Va biz bu haqda gaplasha boshlaganimizda, o‘ylab qoldim: o‘sha vaqtda ham shu yerda bo‘lishimga ishonchim komil emas. Bu o‘zimni hayratda qoldirdi. Keyinchalik men bu haqda ko‘proq o‘ylay boshladim, bu boshlanishi edi.

O‘tgan mavsum juda qiyin bo‘ldi. Balki har qanday boshqa klubda murabbiyga: "Hammasi uchun katta rahmat, lekin buni o‘z holiga qo‘yamiz", deb aytishgan bo‘lardi. Bu men bilan sodir bo‘lmadi. Men uchun jamoani kurashga qaytarish juda muhim edi. Bu haqda o‘ylaganimda, menda shunday fikrlar paydo bo‘ldi: bu jamoada katta imkoniyatlar bor, bu yerda zo‘r futbolchilar bor, lekin o‘zim haqimda o‘ylashni to‘xtata olmadim. Bu men xohlagan narsa emas edi. Sodir bo‘layotgan hamma narsa 100% haqiqat deb o‘ylamagan edim.

Boshqa dunyoda mavsum oxirigacha hech kimga hech narsa demagan bo‘lardim. Men g‘alaba qozonib, keyin ketayotganimni e’lon qilardim. Ammo bizning dunyomizda bu mumkin emas, bunday narsalarni sir saqlash mumkin emas. Bunga ko‘p narsa ta’sir qildi, ayniqsa mening shaxsiy holatim. Odamlar, jamoa, klub - bu haqda hamma oldindan bilishi kerak. Ular nimanidir rejalashtirishlari kerak, klubga vaqt kerak. Ishonchim komilki, agar siz bunday qaror qabul qilishingiz kerak bo‘lsa, buni oldindan qilish yaxshiroqdir. Agar keyingi mavsum sentyabrda men buni endi qila olmasligimni tushunganimda, vaziyat ancha yomon bo‘lardi. Shuning uchun, buni imkon qadar erta aytish men uchun muhim edi.

"Borussiya"da ham xuddi shunday holat bo‘lgan. Natijalarimiz faqat o‘zimizga bog‘liq. Balki bu e’londan keyin matbuot anjumani o‘tkazarmiz, lekin keyin 100% mavsumga sho‘ng‘ib ketaman. Bizda kurashadigan narsa bor. Men har doim aytganman va ayniqsa hozir takrorlash juda muhim: faqat men tufayli hech narsa sodir bo‘lmaydi. Biz bir-birimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men uchun bu qiyin edi. Lekin bu yengillik edi. O‘zim uchun marra chizig‘ini chizdim va keyin o‘yinlarga e’tibor qaratdim. Bu meni yoki jamoani o‘yinlardan chalg‘itishiga hech qanday yo‘l qo‘ymayman. Umid qilamanki, bu sodir bo‘lmaydi. Ishonchim komilki, futbolchilar yaxshi holatda bo‘lishadi.

So‘nggi mavsumlarda sodir bo‘lgan barcha voqealar ostida ismim doimo mavjud edi. Ammo jamoa bilan ko‘p odamlar ishlagan va ular buni davom ettirmoqdalar. Ha, mening rolim o‘zgaradi, lekin ko‘p narsa o‘zgarishsiz qoladi. Klub ishonchli qo‘llarda va kelajagi porloq.
Mening kareramga nazar tashlasangiz, buni imkonsiz deb o‘ylashingiz mumkin. Kichik klubdan “Liverpul”ga o‘tish bu ertakka o‘xshaydi. Ketishning deyarli imkoni bo‘lmagan ertak.

Birinchi kuni aytganimdek men ham oddiy odamman. Va men hali ham shundayman, lekin juda uzoq vaqt davomida oddiy hayot kechirmaganman. Bu hayotga ega bo‘lish uchun juda qariguncha kutishni xohlamayman. Hech bo‘lmaganda oddiy hayot kechirishga harakat qilishim kerak va hozir buning uchun to‘g‘ri vaqt. Birinchidan, klub uchun, chunki men endi ularga kerak bo‘lgan odam emasman.

Yillar davomida biz boshqaruv bilan aql bovar qilmaydigan munosabatlar o‘rnatdik. Ular meni juda yaxshi bilishadi, shuning uchun bunday qaror haqida gapiradigan va meni ishontirishga harakat qilishlari uchun eshikni biroz ochiq qoldiradigan odam emasligimni tushunishadi. Rahbariyat bu qarorni shunchaki qabul qildi. Hech kim baxtli emas edi, lekin men ham baxtli emasman.

Men bu ish bilan 24 yildan beri shug‘ullanaman va endi hayot nima ekanligini tushunmoqchiman. Shunchaki nima ekanligini bilmayman. Va men hech bo‘lmaganda qanday ekanligini aniqlashga harakat qilishim kerak.

Yaqinda yangi shartnoma imzoladim va o‘sha paytda yettinchi osmonda edim. Ammo energiya manbam cheksiz emasligini o‘ylamagan ekanman. Men yaxshi sport mashinasiga o‘xshayman - eng zo‘r emas, lekin baribir juda ko‘p tezlikka erisha oladigan munosib mashina. Lekin benzinning sekin-asta kamayib borayotganini yolg‘iz o‘zim ko‘rib turibman. Iloji boricha uzoqroq haydasiz, lekin ertami-kechmi siz to‘xtashingiz yoki yoqilg‘i quyish shoxobchasiga borishingiz kerak. Va aynan shunday qilishim kerak.

Men buni butun umrim davomida qilmasligimni bilaman. Hayotda boshqa ma’nolarni topishim kerak va men buni qilishni rejalashtirganman. Agar mendan hali ham murabbiylik qilamanmi deb so‘rasangiz, hozir yo‘q deb javob bergan bo‘lardim. Ammo keyin nima bo‘lishini bilmayman. Aniq bilganim shuki, umrimda boshqa ingliz klubida ishlamayman. Bu 100%. Mumkin emas. Men bu klubni juda yaxshi ko‘raman, odamlarga bo‘lgan hurmatim bularning barchasi shu qadar buyukki, Angliyada boshqa jamoada ishlashni bir soniya bo‘lsa ham tan olmayman. “Liverpul” mening hayotim, oilamning bir qismidir.

Biz Liverpulmiz. Biz qiyin kunlarni boshdan kechirdik va biz buni yengib o‘tamiz. Keling, bu mavsumdan unumli foydalanaylik, shunda orqaga qaraganimizda tabassum qilish uchun yana bir sabab paydo bo‘ladi.

Rahmat".

Kiritildi: 18:35, 26.01.2024.
O'qildi: 4772 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.