Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

G‘alabadan esdalik – banner! (video)

G‘alabadan esdalik – banner! (video)

Baho:
+ | -

Hozirgi «Real» sovrinlarni birin-ketin «yamlamay yutadigan» dahshatli jamoadek ko‘rinmoqda.

Ha, Karlo Anchelotti jamoasi 18 yanvar kuni «Madrid derbisi»da «Atletiko»ga 2:4 hisobida yutqazib, Ispaniya kubogi-2023/2024 uchun kurashdan erta chiqib ketdi. Lekin «Qirollik klubi» bunga qadar Ar-Riyod (S.Arabistoni)da aynan «Atletiko» va «Barselona»ni yengib, Ispaniya superkubogini o‘ziniki qilgandi.

«Real» ayniqsa, «Al-Avval Park» stadionida bo‘lgan final o‘yinida o‘zgacha shiddati bilan ajralib turdi. Har holda, arab diyorida yayrayotgan Krishtianu Ronaldu ko‘z o‘ngida azaliy raqib - «Barselona»ga umuman imkoniyat qoldirmadi. Superkubok taqdrini hal qilgan bahs 4:1 hisobida yakunlangani barchasini ko‘rsatib turibdi.

Ko‘pchilik e’tiborini tortgan voqelik esa o‘yindan keyin kuzatildi. Bunda Jud Bellingem tribunaga yaqinlashib, fanatlar guruhiga yuzlandi: «Iltimos, anavi bannerni esdalik uchun menga bersanglar...». Tabiiyki, muxlislar angliyalik futbolchi iltimosini rad etishmadi. Shunday qilib, Jud superkubok finalidagi g‘alabani eslatib turuvchi ajoyib buyumga ega bo‘ldi. Ushbu bannerda Bellingem, Rodrigo va Vinisius GTA o‘yini obrazida tasvirlanishganini aytish o‘rinli.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 26.01.2024.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.