Kirish Ro'yxatdan o'tish

A seriya. «Milan» 2 ta penaltidan foydalana olmagan o‘yini so‘ngida g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

A seriya. «Milan» 2 ta penaltidan foydalana olmagan o‘yini so‘ngida g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Milan» va «Bolonya» klublari o‘rtasidagi o‘yin dramatik tarzda kechdi.

Mehmonlar 29-daqiqada hisobni ochishgan bo‘lsa, maydon egalari birinchi bo‘lim so‘ngida Loftus-CHik tomonidan urilgan gol evaziga muvozanatni tiklashdi. Bundan biroz avval esa Olivye Jiru penaltini golga aylantira olmagandi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida esa "Milan" yana bir penaltidan foydalana olmadi. Teo Ernandesning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi. 83-daqiqada Loftus-CHik "dubl"ni rasmiylashtirib, jamoasini oldinga olib chiqqandi.

Ammo ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda "rossoneri" darvozasi tomon penalti belgilandi va Rikkardo Orsolini undan samarali foydalanib, «Bolonya»ga durangni taqdim etdi.

Ushbu durang natijasida "Milan" kecha ochko yo‘qotgan "Yuventus"ga yaqinlashib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Italiya chempionati, 22-tur
Milan – Bolonya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 29 Zirkzee, 1:1 – 45 Loftus-CHik, 2:1 – 83 Loftus-CHik, 2:2 – 90+2, penalti Orsolini.
Noaniq penalti:  Jiru, 42 (darvozabon). Ernandes, 74 (ustun).
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 59), Kyer, Gabbiya, Ernandes, Loftus-CHik, Pulishich (Terrachchano, 87), Adli (Musa, 59), Reynders, Rafael Leau (Okafor, 87), Jiru (Yovich, 60).
Bolonya – Skorupski, De Silvestri (Lukumi, 82), Bekema, Kalafyori, Kristiansen, Froyler, Ebisher (Moro, 67), Fergyuson, Urbanski (Salemakers, 67), Fabbian (Orsolini, 82), Zirkzee.
Ogohlantirishlar: Kalafyori (2), Rafael Leau (22), Kalabriya (36), Fergyuson (39), Adli (44), Loftus-CHik (45), Urbanski (57), Terrachchano (90).
Chetlatish: Motta (41).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:08, 28.01.2024.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик