Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nimalar bo‘lyapti?! Arteta ham mavsum yakunida ketishini yaqinlariga aytgan

Nimalar bo‘lyapti?! Arteta ham mavsum yakunida ketishini yaqinlariga aytgan

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bir necha kun oldin o‘z atrofidagilarni joriy mavsum oxirida "kanonirlar"dagi faoliyatini tugatish haqida o‘ylayotgani haqida ogohlantirgandi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Artetaning "kanonirlar" bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor, ammo yillar o‘tishi va so‘nggi mavsumlarda yuzaga kelgan keskinliklar ham murabbiyga o‘z ta’sirini o‘tkazgan ko‘rinadi. Uning London klubi xo‘jayinlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi unga mavsum yakunlanganidan keyin o‘zaro kelishuvga ko‘ra ehtimoliy chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borish imkonini beradi. Mikel bu haqda o‘z doiralarini allaqachon ma’lum qilgan, ammo ayni damda murabbiy joriy mavsumning yakuniy qismi "Arsenal" uchun qanday kechishini ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Xavi va “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunida jamoani tark etishlarini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 02:25, 29.01.2024.
O'qildi: 3293 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик