Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Rasman: «Andijon» Xebayni Saudiya klubiga transfer qildi

Rasman: «Andijon» Xebayni Saudiya klubiga transfer qildi

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining albaniyalik to‘purar legioneri Rubin Xebay o‘tgan mavsum davomida nimalarga qodirligini namoyish etdi va qisqa fursat ichida o‘zidan iliq taassurot qoldira oldi. Muxlislar mehrini qozondi.

O‘tgan vaqt mobaynida albaniyalik hujumchiga qiziqishlar bo‘ldi. Ammo futbolchi “Andijon” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani bois uning yana bir yili amalda edi. Xebayga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida Saudiya Arabistonining “Al Oruba” jamoasi ham bo‘lib, mazkur klub jiddiy taklif bilan chiqdi. Natijada jamoa bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng “Andijon” Xebayni “Al Oruba” klubiga transfer qilishga rozilik bildirdi. Albatta, “Andijon” Rubinni sotish niyatida emasdi. Biroq Xebayning xohish va istagidan kelib chiqqan holda mazkur transfer amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, “Al Oruba” Saudiya Arabistoni birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Rubin bugun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi va klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin shartnoma imzolaydi.

Xebay o‘tgan mavsumda andijonliklar safidagi debyut yilida 27 o‘yinda ishtirok etib, maydonda 2138 daqiqani o‘tkazdi. Raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u “Andijon”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Superligada esa to‘purarlar orasida ikkinchi bo‘ldi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va yilning ramziy terma jamoasidan joy oldi.

"Biz Xebayga jamoamizdagi mehnati va g‘alabalarga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:34, 29.01.2024.
O'qildi: 4864 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.