Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ja’far Irismetov: «Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston - Tojikiston to‘qnashuvi bo‘lishini istardim»

Ja’far Irismetov: «Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston - Tojikiston to‘qnashuvi bo‘lishini istardim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ja’far Irismetov Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida Osiyo kubogi haqidagi yana bir qator savollarga javob berdi.

– O‘zbekistonni nimchorak finalda Tailandga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinda O‘zbekiston favorit hisoblanadi. Sizning taxminingiz qanday?
– Ochig‘ini aytsam, ushbu musobaqada syurprizlar ro‘y beryapti. O‘zingiz ham Tojikistonning BAAga qarshi o‘yinini ko‘rdingiz. Ammo men uchun ularning g‘alabasi kutilmagan hol bo‘lmadi.

Biznikilar esa, albatta, kuchliroq, ammo Tailandni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Chunki bu jamoa 3 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi. Jamoa himoyada tartibli o‘yin namoyish etadi. Shu bois, o‘yin penaltilar seriyasigacha yetib borishi mumkin. Taxminimcha, to‘p nazorati bizda ko‘proq bo‘ladi. Ko‘proq hujumkor o‘yin ko‘rishni istardim. Boisi, Katanesning hujumchisiz o‘yin uslubini yaxshi tushunmayapman.

O‘zbekiston g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Jamoamizga ishonamiz. Musobaqadagi 3 ta uchrashuvda esa 3 xil o‘yin ko‘rdik. Hozircha jamoamizning aniq o‘yin uslubi ko‘rinmayapti. Aynan Tailandga qarshi bahsda o‘yin uslubimizga guvoh bo‘lsak kerak.

– Musobaqa to‘riga ko‘ra O‘zbekiston Tojikiston bilan faqat finalda to‘qnash kelishi mumkin. Bunday to‘qnashuvni ko‘rish qiziqarli bo‘larmidi?
– Albatta, bu jamoalar finalda to‘qnash kelishini istardim. Biz ularga ham muxlislik qilyapmiz.

Men Tojikistonning BAAga qarshi o‘yini oldidan intervyu berib, Tojikiston g‘alaba qozonishi mumkinligini aytgandim. Ha, Tojikiston asosiy vaqtda g‘alaba qozonsa kerak deb o‘ylagandim. Ammo o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

– Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoasi safida qaysi o‘yinchilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Qaysi futbolchilar Rossiya premyer ligasida o‘ynay oladi?
– Hozir biror narsa deyish qiyin. Ayni paytda RPLda legionerlar bilan bog‘liq muammolar bor. Rossiya klublari Tojikiston terma jamoasining ba’zi futbolchilariga qiziqish bildirishi mumkin. Masalan BAA darvozasiga gol urgan markaziy himoyachi Hanonov. U yomon o‘yin namoyish etmayapti.

O‘zbekiston safida ham yaxshi taassurot qoldirayotgan yosh o‘yinchilar bor. O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida shunday o‘yinchilar borki, ular terma safida munosib o‘yin namoyish etib, o‘z klubi safida yorqin o‘yin ko‘rsatmasligini mumkin. Terma jamoa futbolchilari o‘z salohiyatini to‘la namoyish eta olishadi.

Albatta, Abbosbek Fayzullayev o‘zini yaxshi namoyish etmoqda. U SSKA safida ham nimalarga qodirligini ko‘rsatishga ulgurdi. U yosh bo‘lishiga qaramay, terma jamoaning muhim a’zosiga aylanmoqda. Shuningdek, Odil Hamrobekov Rossiya klublarida qiziqish uyg‘otishi mumkin. U Rossiya jamoalarida bemalol o‘ynay oladi. Murabbiy sifatida bu mening fikrim. Avval ham maydonda katta hajmda mehnat qiladigan futbolchilar bo‘lgan. Hamrobekov shunday toifadagi o‘yinchi hisoblanadi. Shaxsan o‘zim u bilan 5 yil davomida ishladim va uni yaxshi bilaman. Uning futbolga bo‘lgan munosabatini bilganim uchun ayta olamanki, u RPLda bemalol o‘ynay oladi.

Manba: https://metaratings.ru
Kiritildi: 22:34, 29.01.2024.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.