Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

APLda 1 fevralgacha bo‘lishi kutilayotgan transferlar ma’lum qilindi

APLda 1 fevralgacha bo‘lishi kutilayotgan transferlar ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Odatda yanvar oyidagi transferler oynasi ancha qizg‘in kechardi. Ammo bu safar unday bo‘lmadi. Masalan, bundan bir yil oldingi transferlar oynasi futbol tarixidagi eng ko‘p pul sarflangani bo‘ldi. Bugun esa katta klublar qoidalardan chetlab chiqmaslikka harakat qilmoqda. Shunga qaramay, ayrim past narxli futbolchilar sotilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Quyida ularning nomlarini bilib olasiz.

Jon Duran

Duran "Chelsi" radariga tushgan so‘nggi nomlardan biri sanaladi. Yosh hujumchi uzoq kelajakda "aristokratlar" uchun foydali xaridga aylanishi mumkin. 20 yoshli futbolchi Pochettino tomonidan qadrlanadi. Uning narxi va maoshi boshqa variantlarnikiga qaraganda ancha arzondir. Xarholda, Karim Benzema Durandan karrasiga ko‘p maosh talab qilishi turgan gap.

Konor Gallaxer

"Chelsi" hujumchi sotib olishni o‘ylamoqda. Ammo Feyr Pley qoidalari asosida bu klub xariddan oldin sotish ishlarini amalga oshirishi ham talab qilinadi. Jamoadan ketishi kutilayotgan nomlarning eng kattasi bu Konor Gallaxerdir. 23 yoshli yarim himoyachiga "Tottenxem" qiziqish bildirgan. "Chelsi" esa Gallaxer uchun 50 million funt talab qilmoqda.

Migel Almiron

"Nyukasl Yunayted" moliyaviy Feyr Pleyga amal qilishi lozim. Buning uchun Almiron qurbon qilinishi mumkin. 29 yoshli hujumchiga "Al-SHabab" hamda "Al-Ahli" jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. Agarda klub o‘tgan mavsum kabi 73.4 million funtlik zarar ko‘rishni istamasa, tezroq bunga qarshi choralar ko‘rib qo‘yishi kerak.

Kirnan Dyuzberi-Xoll

Yarim himoyachi "Lester Siti"dan ketishi aytilgan. Dyuzberi-Xoll APLga qaytishi mumkin. Unga "Brentford" hamda "Brayton" jiddiy da’vo qilmoqda. "Tulkilar" o‘zi uchun muhim sanalgan futbolchini 35 million funtdan kamiga sotmasligini bildirgan. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jeykob Remzi

"Aston Villa" futbolchisiga butun Yevropadan takliflar bor. Unga top-klublar jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. 22 yoshli vinger uchun "Bavariya", "Nyukasl" va "Tottenxem" da’vogarlik qiladi. Remzi uchun belgilangan narx esa 50 million funtni tashkil etadi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri Remzini sotilmasligini bildirganiga qaramay, yaxshi taklif transferni ro‘yobga chiqarishi aniq.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:55, 30.01.2024.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.