Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yurgen Klopp "Liverpul"dan jamoaning beshta yulduzini ham olib ketishi mumkin

Yurgen Klopp "Liverpul"dan jamoaning beshta yulduzini ham olib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Yurgen Kloppning yaqinda bergan bayonoti butun futbol ommasini hayron qoldirdi. Nemis mutaxassisi mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadigan bo‘ldi. Klopp dam olishi kerakligi, ortiq jamoani boshqarishga kuchi qolmaganini, qarorining asosiy sababi sifatida ko‘rsatdi. Tabiiy ravishda, endi Klopp ortida ravona bo‘ladigan futbolchilar haqida ham so‘z yuritish boshlanadi. Quyida shu haqida bilib olasiz.

Virjil Van Deyk

Van Deyk o‘z kelajagini Klopp bilan bog‘liq ekani haqida fikr bildirgan edi. Undan Klopp ortidan ketishi haqida so‘ralganda, himoyachi shunday javob qiladi: "Bu katta masala. Biror narsa deya olmayman. Klub qo‘lida ko‘p narsani yangilash uchun resurslar mavjud. Men esa Klopp davrining bir qismi ekanimdan faqat faxr tuyg‘usini tuyaman. Hozir kelajak haqida gapirish mavridi emas. Negaki, uni hech kim oldindan ayta olmaydi".

Muhammad Saloh

"Liverpul"ning eng katta yulduzi bo‘lgan Saloh Klopp ortidan ravona bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning yana biridir. Misrlik xizmatlariga o‘tgan yili Saudiya klublari 150 million funt taklif qilgan edi. 31 yoshli futbolchi uchun o‘rinbosar qidirish ishlari allaqachon boshlanib ketgan. Bu mavsumda Salohning 14 ta golda ishtirok etganini hisobga olsak, uning o‘rnini to‘ldirish oson kechmaydi. Yozda Salohni saudiyaliklarga yaxshigina summaga pullash mumkin. Bu pulga esa tarkibni qayta qurish kerak bo‘ladi.

Alisson

Braziliyalik posbon 2018 yildan beri qizillar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uni sotish rahbariyatning provard rejasida yo‘qligi aniq. 31 yoshli futbolchi dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sanaladi. Ammo Alisson uchun Saudiya Arabistoni ligasi klublaridan keladigan yaxshigina takliflar "Liverpul" niyatini o‘zgartirib qo‘yishi, hech gap emas.

Jo Gomes

Gomes "Liverpul"da hech qachon doimiy asosiy tarkibga kira olmagan. Shu sabab himoyachi o‘z baxtini boshqa yerlardan izlashga majbur bo‘ladi. 26 yoshli ingliz futbolchisi qachonki Robertson yoki Simikasga zarar yetganda, o‘z daqiqalariga ega bo‘lmoqda. Boshqa payt esa uning asosiy ishi zaxira o‘rindig‘ini "isitib o‘tirish"dan iborat. Gomesga hozirdanoq "Vest Xjm" va "Nyukasl" qiziqish bildira boshlagani haqida ma’lumotlar mavjud. Yozda bu borada aniq to‘xtamga kelinadi.

Joyel Matip

Matip uchun joriy mavsum o‘tgan dekabr oyidayoq o‘z nihoyasiga yetgan edi. Himoyachi tizzasining xochsimon paylarini uzib olishi oqibatida maydonga uzoq vaqt tusha olmasligi ma’lum bo‘lgan. 32 yoshli futbolchi Klopp jamoasi uchun juda muhim figura edi. Ammo u ketsa, Matip ortiq asosiy tarkibga kira olmay qoladi. Shu sababli, "Liverpul" yozda uni sotishga harakat qilsa kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 30.01.2024.
O'qildi: 7816 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.