Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

U debyut qilish uchun besh yarim oy kutdi, keyin esa maydonga chiqdi va yirik yulduzga aylandi. "Barselona"da o‘ynagan yagona rossiyalik futbolchini bilasizmi?

U debyut qilish uchun besh yarim oy kutdi, keyin esa maydonga chiqdi va yirik yulduzga aylandi. "Barselona"da o‘ynagan yagona rossiyalik futbolchini bilasizmi?

Baho:
+ | -

1994 yil 30 avgust. Barselona markazidagi restoranlardan biri. Tasodifan ikkita futbolchi qo‘shni stollarga o‘tirishdi. Ulardan biri rossiyalik 26 yoshli yarim himoyachi Igor Korneev. Bir necha soat oldin u ushbu jamoa futbolchisi sifatida "Espanyol" ofisiga kirib, erkin agent sifatida chiqib ketdi. Tomonlar shartnomani bekor qilishdi. Korneevga bu "Espanyol" yoqardi, u yerda ruslar ko‘p edi: Dmitriy Galyamin, Andrey Mox, Dmitriy Kuznesov. To‘liq bo‘lmagan uchta mavsumda Igor 21 ta gol urdi - bu yarim himoyachi uchun munosib ko‘rsatkich. Keyin esa Xose Antonio Kamacho jamoani qabul qilib, asta-sekin rossiyalik futbolchilardan qutula boshladi. O‘sha kuni, 30 avgust kuni Korneev rasman ishsiz qoldi.

Restoranda "Espanyol"ning sobiq yarim himoyachisi tanishi, "Barselona" bosh murabbiyi Yoxan Kroyffning yordamchisi Toni Bryuins Slotni ko‘rdi. Aynan shunday uchrashuvlarni taqdir hazili deb atash mumkin. Korneev va Slot suhbatga kirishdi, Igor o‘zining ishlari haqida gapirdi. Taniqli futbol tahlilchisi hisoblangan niderlandiyalik mutaxassisi futbolchini tinglab, biroz o‘ylanib qoldi va: "Men hech narsa va’da qilmayman, lekin qo‘ng‘iroqni kuting" - dedi. Ikki kundan keyin Korneev "Barselona" bilan "1+3" sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Yarim himoyachi ko‘chib o‘tgan jamoa haqiqatan ham afsonaviy edi. Ispaniyaning amaldagi chempioni va Chempionlar Ligasi finalchilari. O‘sha tarkibda Ronald Kuman, Pep Gvardiola, Mikael Laudrup va Xristo Stoichkovlar o‘ynardi.

Korneev o‘sha jamoa haqidagi ilk taassurotlari haqida shunday dedi: "Siz kiyinishg xonasiga kirasiz va hech kimni tanishtirish shart emas. Siz ularning barchasini taniysiz" Yarim himoyachi, shuningdek, "Barselona"dan oldin ham, undan keyin ham hech qachon bunchalik mahoratli paslar bergan jamoada o‘ynamaganini ta’kidladi. "Men to‘pni har yarim daqiqada qabul qilardim", - deya hayratda qoldi Korneev.

Igor darhol "Barselona"ning asosiy jamoasiga o‘tish oson emasligini tushundi. Yarim himoyachi yulduzlar bilan shug‘ullangan va "Barselona B"da o‘ynagan. Keyin ispan jurnalistlari rossiyalik futbolchi Laudrup o‘rnida o‘ynab, daniyalik bilan raqobatlashadi, deb taxmin qilishdi. Ularning o‘yin uslubi o‘xshash deb hisoblangan. Darhaqiqat, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Kroyff Korneevni 1994 yil oxirida jamoani tark etgan Romarioga o‘rinbosar deb hisoblagan. O‘shanda ispan futbolida xorijlik o‘yinchilarga nisbatan qat’iy chegara qo‘yilgandi - bir vaqtning o‘zida faqat uchta xorijlik maydonga tushishi mumkin edi.

Igor debyutini besh yarim oy kutishga to‘g‘ri keldi. U mashg‘ulot o‘tkazdi, o‘ziga klub ruhini singdirdi, Kroyffning talablariga ko‘nikib qoldi. 1995 yilning 15 yanvar kuni yarim himoyachi "Kamp Nou" maydonida "Logronyes" jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. O‘sha uchrashuvda u jamoa hujumini boshlaydigan futbolchi sifatida o‘ynagan. Korneev va Xadji ichki chiziqlarda joylashishdi, Xordi Kroyff esa oldinda o‘ynadi. Rusning o‘z mahoratini ko‘rsatishiga ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. U ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va "Barselona" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Korneevning ajoyib o‘yini men uchun syurpriz bo‘lmadi. Men uning imkoniyatlarini bilaman - u ulkan salohiyatga ega futbolchi”, - dedi Yoxan Kroyff uchrashuvdan keyin. Igor uchrashuvning barcha ishtirokchilari orasida eng yuqori reytingni Sport nashridan oldi - o‘n balli shkala bo‘yicha sakkiz ball. El Mundo Deportivo esa "Korneev Kamp Nouda porladi" sarlavhasi ostida maqola chop etdi. Bu haqiqatan ham orzu debyuti edi.

Biroq, Korneev keyingi uchrashuvda muvaffaqiyatini mustahkamlay olmadi. Yarim himoyachi yana asosiy tarkibdan joy oldi. Ammo kataloniyaliklar "Albasete"ni mag‘lub eta olmadi – jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynashdi. Rossiyalik futbolchi o‘yinni yomon o‘tkazdi va Marca gazetasi tomonidan past baho oldi. Keyingi bosqichda diskvalifikasiyadan keyin qaytgan Xristo Stoichkov Korneev pozisiyasida o‘ynadi va Igor zaxira o‘rindig‘ini egalladi.

Korneevning "Barselona"dagi eng yorqin o‘yinlarini eslab, Chempionlar ligasining chorak finalida kataloniyaliklar "PSJ" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganini eslatib o‘tmaslik mumkin emas. Birinchi bo‘limda rossiyalik futbolchi Chiki Begiristaynga ajoyib pas berdi. Ispaniyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, biroq hakam ushbu epizodda qoida buzilishini ko‘rib, hujumni to‘xtatdi. Tanaffusdan so‘ng Korneev Stoichkov bilan devor o‘ynadi, keyin esa o‘sha Begiristaynga uzatma berdi va yarim himoyachi gol urdi - bu safar qoida bo‘yicha.

O‘shanda "Barselona" yarim finalga chiqa olmadi. Javob uchrashuvida parijliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Korneev o‘sha uchrashuvda qatnashmadi. Kroyff futbolchini zahirada uzoq vaqt ushlab turdi. "Barselona" o‘sha mavsumda yaxshi o‘ynamadi, murabbiy esa aybdor qidirdi. "Korneev hamma narsaga qodirligini ko‘rsatmaydi. Ayniqsa, uchrashuvning hal qiluvchi pallalarida. U jamoaning o‘yiniga munosib hissa qo‘shmayapti", - dedi niderlandiyalik murabbiy rossiyalik futbolchi haqida.

Kroyff ko‘pincha Korneevni yarim himoyaning o‘ng qanotida ishlatardi. Ko‘p yillar o‘tgach, rus bu pozitsiyani o‘zining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatish qiyin bo‘lganini tan oldi. "Bu biroz qiyin bo‘ldi, chunki markaziy zonada erkinlikka ko‘nikib qolganingda, o‘nglanish oson bo‘lmaydi. Agar o‘rtada o‘ynaganimda, hujumga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardim", - deydi yarim himoyachi. Boshqa tomondan, bu jamoada shunday o‘yinchilar tanlovi va shunday raqobat bor ediki, maydonga tushishning o‘zi allaqachon katta muvaffaqiyat deb hisoblanishi mumkin edi.

1995 yilning may oyida ispan OAVlari Kroyff yangi jamoa qurishni boshlagani, unda na Stoichkovni, na Korneevni ko‘rgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Klub rahbariyati rossiyalik futbolchiga shartnomani uzaytirish va ijaraga berishni taklif qilgan. Igor rad etdi. Keyinchalik u bu qarorini faoliyatidagi eng katta xato deb atadi.

Korneev "Barselona" safida 12 ta o‘yin o‘tkazgan. U ushbu buyuk klubning asosiy jamoasida o‘ynagan yagona rossiyalik futbolchi bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 12:05, 02.02.2024.
O'qildi: 4360 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.