Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Hakamlarning qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining ilk bosqichi yakunlandi

Hakamlarning qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining ilk bosqichi yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, hafta boshida Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabida Superliga hakamlari uchun qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlangan edi. Hafta davomida hakamlarimiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi va bilimlarini oshirib olishdi. VAR simulyatori bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar esa barcha uchun esda qolarli tarzda o‘tgani, shubhasiz.

Yig‘inning so‘nggi kunida FIFA tomonidan FIFA hakamlari uchun jo‘natilgan yangi mavsum inventarlari o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi. Shu tariqa, qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining 1-guruhi uchun tadbirlar o‘z nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimida O‘zFHM direktori Laziz Rixsiboyevich so‘zga chiqib, bu mavsum har galgisidanda qiyinroq bo‘lishini, muxlislar va keng jamoatchilikning futbolga e’tibori oshayotgani va bu har bir hakamdan ulkan mas’uliyat talab qilishini ta’kidlab, ularga yangi mavsumda omad tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu 1-guruh yig‘inida Superliga o‘yinlarida ishlovchi 45 nafar bosh va yordamchi hakamlar ishtirok etishdi. Navbatdagi guruh (nazoratchilar uchun) yig‘ini ertaga, 3-fevral kuni start oladi.

Qishki o‘quv-yig‘inlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Manba: UzFHM
Kiritildi: 20:31, 02.02.2024.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик