Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Italiya terma jamoasining mart oyidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Italiya terma jamoasining mart oyidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mart oyida Italiya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Luchano Spaletti shogirdlari 21 va 24 mart kunlari mos ravishda Venesuela va Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuvlarning birinchisiga Fort-Loderdeyl, ikkinchisiga esa Xarrison mezbonlik qiladi. Italiya terma jamoasi 19 yillik tanaffusdan so‘ng, Italiya futbol federasiyasi tomonidan ko‘rsatilishicha, AQSHda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi iyun-iyul oylarida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 musobaqasida ishtirok etadi. “Skuadra Adzurra” kubokni himoya qiladi – so‘nggi Yevropa chempionati finalida italiyaliklar 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng Angliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etishgandi.

Kiritildi: 21:09, 02.02.2024.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик