Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Vaskes «Real»da qolishdan umidini uzmagan

Vaskes «Real»da qolishdan umidini uzmagan

Baho:
+ | -

"Real"ning o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes "Santyago Bernabeu"da qolish umidini uzgani yo‘q. The Athletic xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" hali futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmagan, biroq Lukasning o‘zi Karlo Anchelotti jamoasida qolishni istaydi.

Manbaning xabar berishicha, Vaskes "Real"dan yangi shartnoma bo‘yicha taklifni so‘nggi daqiqagacha kutish niyatida. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalikning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yozda A Seriya klublari Vaskesni qo‘lga kiritishga harakat qilishgan. Ehtimol, 32 yoshli himoyachi keyingi mavsumda Italiyaga yo‘l olishi mumkin.

Kiritildi: 19:00, 03.02.2024.
O'qildi: 1168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик