Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

«Jirona» muxlislari: «Real» shunday g‘alaba qozonadi»

«Jirona» muxlislari: «Real» shunday g‘alaba qozonadi»

Baho:
+ | -

“Jirona” muxlislari bosh murabbiy Michel Sanchesning chetlatilishidan so‘ng norozilik bildirishdi.

"Real Sosyedad" bilan La Liga o‘yini (0:0) yakunida Sanches hakam bilan bahslashgani uchun qizil kartochka oldi va "Real" bilan navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, birinchi bo‘lim o‘rtalarida “Jirona” yarim himoyachisi Yanxel Errera gol urdi, ammo o‘yindan tashqari holat tufayli gol bekor qilindi.

Shuningdek, Errera va himoyachi Deyli Blind sariq kartochka olishdi va bu ularning La Ligadagi joriy musobaqadagi beshinchisi bo‘lgani sabab keyingi o‘yinni diskvalifikasiya sabab o‘tkazib yuboradigan bo‘lishdi.

Murabbiy maydondan chetlatilganidan so‘ng, "Jirona" muxlislari: "Madrid shunday g‘alaba qozonadi" deb hayqirishdi.

“Jirona” 23 turdan keyin 56 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Real Madrid" 22 o‘yindan keyin 57 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 11:44, 04.02.2024.
O'qildi: 3821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.