"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa nima uchun yarim himoyachi Piotr Zelinskini Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomadan chetlatganini tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik tez orada turnirning ⅛ finalida “Barselona” bilan uchrashadi. "Bu qaror ajoyib inson va top o‘yinchi bo‘lgan Zelinskiga qarshi g‘oya emas.
Qanday bo‘lmasin, u mavsum oxirida ketishga qaror qildi. Biz usiz ham davom etishimiz kerak", - deya De Laurentisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Oldinroq 29 yoshli Zelinski yozda erkin agent sifatida Milanning "Inter" klubiga o‘tishi haqida xabar berilgandi.