Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mashhur tennischi Denis Istomin faoliyatini yakunladi

Mashhur tennischi Denis Istomin faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik tennischi, Yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi va yakkalik bahslarida Osiyo o‘yinlari g‘olibi Denis Istomin faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Xayrlashuv nutqi chog‘ida u ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Bu haqda 37 yoshli sportchi Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Devis kubogi" doirasidagi O‘zbekiston – Polsha  bahsidan so‘ng rasman ma’lum qildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston sport vaziri, Respublika tennis federasiyasi raisi Istominning O‘zbekistonda tennisni rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin faoliyati davomida Yozgi Olimpiya o‘yinlarida (London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020) ishtirok etgan.

Shuningdek, 2018-yil Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin, Guanchjouda ikkita kumush (2010) va Incheonda (2014) bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2012 yilda u faoliyatidagi eng yaxshi natijaga erishdi - ATP jahon reytingida 33-o‘rin.

Kiritildi: 19:50, 05.02.2024.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик