Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Yangi mavsum Namangan va Qarshidagi o‘yinlar bilan start oladi

Yangi mavsum Namangan va Qarshidagi o‘yinlar bilan start oladi

Baho:
+ | -

Kecha — 4 fevral kuni Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlandi. Bugun esa birinchi davra bellashuvlari sanalari aniq bo‘ldi.

"Navbahor" va "Nasaf" 1 mart kuni mavsumni boshlab beradi. Boisi ular 4-5 mart kunlari Chempionlar ligasining chorak finalida maydonga tushishi mumkin. Buning uchun har ikki klub fevral oyida bo‘lib o‘tadigan bosqichdan omon o‘tishi talab etiladi.

Liga o‘z-o‘zidan translyasiya va VAR texnikasi imkoniyatlarini inobatga oldi. Bir vaqtda bir shaharda ikki uchrashuv bo‘lmasligi ta’minlandi. Biroq VAR bilan bog‘liq holat 1-turda ayrim noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Sababi OFK Chempionlar ligasi bellashuvi uchun bizning texnikadan foydalanishi katta ehtimol.

Shuningdek, aprel oyida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Parij Olimpiadasiga saralash bosqichi rolini ham o‘ynaydigan Osiyo kubogida ishtirok etadi. Bu esa 5-turdan o‘rin olgan "Metallurg" — "Olimpik" uchrashuvi qoldirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qolgan jamoalar esa "Superliga va Pro liga reglamenti"ning tegishli punktlaridan kelib chiqib, taqvimga u yoki bu o‘zgarish kiritishni so‘rab murojaat qilishga haqli.

SUPERLIGA, 1-TUR
1 mart, juma
"NAVBAHOR" — "DINAMO"
"NASAF" — "OLIMPIK"
2 mart, shanba
"BUNYODKOR" — "QIZILQUM"
"SO‘G‘DIYONA" — "NEFTCHI"
3 mart, yakshanba
OKMK — "ANDIJON"
"LOKOMOTIV" — "METALLURG"
4 mart, dushanba
"SURXON" — "PAXTAKOR"

Kiritildi: 22:08, 05.02.2024.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик