Jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta kelasi yozda klubini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Italiyalik futbolchining iyun oyida "Bayer" bilan shartnomasi tugashiga bir yil vaqt qoladi, shu bois Leverkuzen klubi uchun futbolchini bir yilda tekinga yo‘qotmaslik uchun uni sotishi foydali bo‘ladi.
Oldinroq Londonning “Chelsi” klubi yozda jamoani tark etish ehtimoli yuqori bo‘lgan Tyago Silva o‘rniga Tani taklif qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
E’tiborlisi, 27 yoshli Jonatan joriy mavsumda Yevropaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Taning transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.