Moskvaning “Torpedo” klubi yarim himoyachisi Xojimat Erkinov faoliyatini BAAda davom ettiradi, deb xabar bermoqda poytaxt klubi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi “Ad-Vahda” bilan 2026-yilning yoziga qadar to‘liq shartnoma imzolagan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, transfer summasi 300 ming yevroni tashkil qilgan.
"Biz yarim himoyachiga klubimizda o‘tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi "Torpedo" bayonotida.
Erkinov mavsumning birinchi qismini “Paxtakor”da ijara asosida o‘tkazdi va OCHLda to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va beshta gol urdi hamda bir golli uzatmaga mualliflik qildi.