Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Real» remontada! Buning siri nimada?

«Real» remontada! Buning siri nimada?

Baho:
+ | -

«Real» joriy mavsum 10ta «kambek» to‘plashga ulgurdi. Jamoa bosh murabbiiy Karlo Anchelotti esa xotirjam holda, ketma-ket remontadalar sirini ochdi.

«Madrid» 10-«kambek»ni 27 yanvar kuni kamtarin «Las-Palmas»ga qarshi kechgan safar o‘yini (La Liga 22-turi)da rasmiylashtirdi. Ha, «Qirollik klubi» ancha qiynaldi, lekin 3 ochkoni o‘z tomoniga og‘dirish yo‘lini topdi, baribir.

Las-Palmasda hisobni mezbonlar ochishdi ikkinchi bo‘limning ilk qismida. Oldinda vaqt yetarli edi, bosh­qacha aytganda, «Real»ning yana bir remontadasi uchun yaxshigina imkoniyat tug‘ildi. To‘g‘risi, Karlo Anchelotti jamoasi shu rejim  bo‘yicha ishlashni xush ko‘rayotgandek. Mana, «Real» bu mavsum amalga oshirgan barcha «kambek»larga nazar solsak, g‘alaba keltirgan 7ta gol o‘yinlarning 80-daqiqasidan keyin urildi. «Las-Palmas» bilan bahs­da esa Vinisius Junior tezda muvozanatni tikladi, ammo hal qiluvchi golni ancha kutishga to‘g‘ri keldi. Xullas, «Madrid» bu safar g‘alabani 84-daqiqadagi gol evaziga o‘z tarafiga burdi. Toni Kroos ijrosidagi qo­yilmaqom burchak zarbasi va Orelyen Tchuamenidan bosh bilan darvozaning uzoq burchagiga yo‘llangan chiroyli gol.

«Kambek»lar yoxud ispanlar talqinida aytganda, remontadalar - «Real Madrid»­ning klassik quroli. Aftidan, hamma bunga allaqachon o‘rganib bo‘ldi, ammo barchasidan hayratlanmaslik va lol qolmaslik hamon qiyin, baribir. Qolaversa, Anchelotti jamoasi joriy mavsum o‘yinlar borishini umuman o‘zgartirib yuborish ko‘nikmasini mutlaqo yangi darajaga ko‘tardi.

«Kambek»lar soni 10ta yetgani barchasini ko‘rsatib turibdi. Juda ta’sirli, to‘g‘rimi? Deylik, 2ta jamoa «Real»ning ushbu «hiyla»siga 2 martadan uchdi. Aniqrog‘i, «Almeriya» va «Napoli» klublari «Madrid»ga qarshi kechgan 2tadan o‘yinda ijobiy hisobni ushlab qolish uddasidan chiqmadi. Yana bir fakt: «qaymoqranglilar» hozirga qadar hisobda ortda qolgan o‘yinlar yakunida jami 19 ochko to‘plashdi. Lekin bunisi mavsum rekordi emas. Har holda, jurnalist Aleksis Martin-Tamayoning hisob-kitobiga ko‘ra, «Jirona» yutqazib turgan o‘yinlari yakunida 22 ochkoni qutqarib qoldi joriy mavsum.

«Real»ning 10ta «ta’mirlangan» o‘yinini olsak, ularda eng ko‘p gol Jud Bellingemga tegishli - 8ta. Xoselu ham «kambek»larda o‘ta mahsuldor. Uning 6ta golidan yarmi g‘alabani ta’minladi. Bellingemda ham remontada g‘alabani ta’minlagan gollar soni 3ta. Qizig‘i, qutqarilgan bahslarda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar atigi 3ta gol urishgan: Xoselu («Atletiko»ga qarshi superkubok bahsi), Niko Pas («Napoli»ga qarshi CHL uchrashuvi) va Orelyen Tchuameni («Las-Palmas»ga qarshi La Liga o‘yini). Asosiysi, «joker»larning har bir goli g‘alaba tortiq etgani bilan qadrli.

Ha, «Real» o‘yinga qanday qo‘shishni yaxshi biladi. Karlo Anchelotti esa kuchli zaxira o‘rindig‘idan minnatdor. Madridlik muxlislar jamoa hamisha ikkinchi bo‘limda dinamika shiddatini sezilarli darajada oshirib borishini allaqachon payqashgan, albatta. Zero, «Madrid» tanaffusga qadar ko‘pincha nisbatan bamaylixotir ko‘rinadi, futbolchilar to‘pni oddiy uslubda aylantirishadi, ammo ikkinchi 45 daqiqalik boshlangach, hujumlar dovuli boshlanadi. Buning natijasida raqib o‘zining jarima maydoniga qamalib olishdan, oxirgi soniyalargacha himoyalanishdan o‘zga chora topolmaydi. Bunday hamlaga kamdan-kam jamoa bardosh beradi. Joriy mavsum atigi 4ta jamoa «Real» dovuliga qarshi munosib turish uddasidan chiqdi: «Betis», «Sevilya», «Rayo Valyekano» va «Atletiko» (2 marta). Umuman olganda, Diyego Simeone jamoasi «Real»ni yenggan yagona drujinadir (e’tiborlisi, «matraschilar» bu ishni 2 marta uddalashdi - sentyabr oyida La Liga va yanvarda kubok bahsida). Anchelottining fikricha, kambeklar asosan sifatli zaxirachilar bilan bog‘liq. «Har safar zaxira o‘rindig‘iga qaraganimda, o‘yin borishini o‘zgartirish, harakatlarga zarur naqsh berish uchun ko‘plab variantlarni ko‘raman. Qisqasi, ixtiyorimda kuchli zaxira o‘rindig‘i bor, shu tufayli uchrashuvlar taqdirini o‘zgartira olamiz. Zaxira vakillari har doim katta energiya olib kirishmoqda», - dedi italiyalik murabbiy «Las-Palmas»ga qarshi o‘yin­dan keyin.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 08.02.2024.
O'qildi: 5489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.