Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev yangi vaznda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev yangi vaznda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida hamyurtimiz chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Akbar Jo‘rayev barcha yo‘nalishlarda tengsiz ekanini isbotladi. U dast ko‘tarish mashqida 180 kg.ni o‘ziga bo‘ysundirdi. Vatandoshimiz uchinchi urinishda 183 kg.ni ko‘tara olmagan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda oltin medal uchun ikkinchi urinishdagi natija yetarli bo‘ldi.

Akbar siltab ko‘tarish mashqida ilk urinishdayoq 214 kiloni ko‘tarib, oltin medalni naqd qilib qo‘ydi. Shundan keyin hamyurtimiz 219 kilo uchun sahnaga chiqdi, ammo biroz omadsizlik tufayli shtangani ushlab qola olmadi. Murabbiylar uchinchi urinish uchun buyurtmani 220 kg.ga o‘zgartirishdi. Jo‘rayev buni ko‘tardi!

Ikki kurash bo‘yicha yetlatimizning natijasi 400 kg.ga yetdi. Shu tariqa, Akbar Jo‘rayev ilk bor Osiyo chempionatlarida barcha yo‘nalishlarda chempionlikka erishdi.

Og‘ir atletika. Erkaklar, 109 kg.

Dast ko‘tarish
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 180 kg.
2. Chen Po-Jen (Xitoy Taypeyi) — 176 kg.
3. Jang Yeon-Xak (Janubiy Koreya) — 175 kg.

Siltab ko‘tarish
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 220 kg.
2. Bekdoolot (Qirg‘iziston) — 213 kg.
3. Chen Po-Jen (Xitoy Taypeyi) — 206 kg.

Ikki kurash
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 400 kg.
2. Bekdoolot (Qirg‘iziston) — 386 kg.
3. Chen Po-Jen (Xitoy Taypeyi) — 382 kg.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:49, 09.02.2024.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.