Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Saudiyaliklar "Roma"ni sotib olmoqchi

Saudiyaliklar "Roma"ni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) Italiya chempionatidan klub sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Gap "Roma" haqida ketyapti – saudiyaliklar A Seriya klubini 900 million yevroga sotib olmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Aytish joizki, PIF Saudiya Arabistonida to‘rtta yirik klubga egalik qiladi. Agar Yevropa haqida gapiradigan bo‘lsak, jamg‘arma Angliyaning "Nyukasl" klubiga egalik qiladi.

"Roma" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Yanvar oyida Joze Mourinyo "bo‘rilar" bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. "Roma" navbatdagi o‘yinini 10 fevral kuni o‘z maydonida "Inter"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:49, 09.02.2024.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик