"Milan"dan ijara asosida "Bolonya"da harakat qilayotgan Aleksis Salemakersni bolonyaliklar to‘liq sotib olishi mumkin. Nikolo Skira xabariga ko‘ra, to‘liq transfer Tyago Motta jamoasiga taxminan 9 million yevroga tushadi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchragan "Milan" uchun muhim moliyaviy yordam bo‘ladi.
Hozir "Bolonya" Italiya A seriyasi chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi, yakshanba kuni jamoa navbatdagi yigirma to‘rtinchi turda "Lechche" bilan o‘ynaydi.