Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farruh Sayfiyev: «Nasibam qo‘shilgan ekan, yangi mavsumda «Navbahor»da o‘ynayman!»

Farruh Sayfiyev: «Nasibam qo‘shilgan ekan, yangi mavsumda «Navbahor»da o‘ynayman!»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yaqinda Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlagan "Navbahor" 9 fevraldan o‘z qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan, “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlikni boshladi.

O‘zingizga ma’lum, “Navbahor” har yilgidek, yangi mavsumda ham o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan. Shu niyatda, “lochinlar” tarkibiga yangi mavsum arafasida bir qator yangi futbolchilar qo‘shilishdi. Shunday o‘yinchilardan biri tajribali himoyachi Farruh Sayfiyev.

Jamoaning navbatdagi mashg‘uloti yakunlanganidan so‘ng, futbolchi klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

— Farruh, suhbatimizni Osiyo kubogi-2023 musobaqasidagi milliy terma jamoamizning ishtiroki xususidagi taassurotlaringiz bilan boshlasak. Terma jamoamizning mazkur turnirdagi ishtirokini qanday baholaysiz?
— Assalomu alaykum! O‘sha musobaqada yaxshi ishtirok etdik, deb o‘ylayman. Biz yana ham uzoqroqqa borishga loyiq edik, ammo, afsus, nasibamiz shu ekan!

— Qatar termasining “to‘sig‘i”dan o‘tishimizga nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz? Har holda vakillarimiz o‘sha bahsda yomon o‘ynashmagandi...
— Qatarliklarga qarshi kechgan o‘yinda ikkinchi golni urishimiz kerak edi, menimcha. Shunda vaziyat penaltilar seriyasiga qadar yetib bormasdi. Penaltilar seriyasi esa o‘zingizga ma’lum, albatta bu lotereya degani. Unda esa har narsa bo‘lishi mumkin.

— Endi “Navbahor”ga o‘tishingiz haqida gaplashsak. Jamoaga ko‘chib o‘tishingiz qanday sodir bo‘ldi?
— Agentim menga aloqaga chiqib, “Navbahor”dan yaxshi taklif bo‘layotganini aytdi va uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, jamoa a’zosiga aylandim.

— “Navbahor” tarkibida mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdingiz. Ilk taassurotlar qanday?
— Darhaqiqat jamoaning mashg‘ulotida qatnashdim, hammasi a’lo darajada! “Navbahor”da avval ham turli jamoalarda men bilan birga o‘ynagan futbolchilar ko‘p. Shu bois, o‘zimni juda yaxshi his qildim. Albatta, eski do‘stlarim bilan bir jamoada o‘ynashim, men uchun ham, “Navbahor” uchun ham bir tomondan yaxshi deb hisoblayman!

— O‘zingizga ma’lum, so‘nggi mavsumlarda “Navbahor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasida chempionlik unvoni uchun o‘ziga xos kurash kechmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, poytaxtliklar safidagi faoliyatingiz davomida bir kun kelib, namanganliklar tarkibida o‘ynash hech xayolingizdan o‘tganmidi?

— To‘g‘ri aytdingiz, “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoalari oxirgi mavsumlarda chempionlik uchun kurashda yuqori intrigani yuzaga keltirishmoqda. Ushbu klublarning o‘zaro qarama-qarshiligida ham maydonda haqiqiy jang kechayotganini ko‘ryapmiz. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinni o‘zbekistonlik barcha muxlislar kutishadi va zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishadi.

Futbolchining hayoti shunaqa, kimdir keladi, kimdir ketadi. Nasib qilgani bo‘ladi baribir! Biz — futbolchilar jamoamizning zafari uchun mehnat qilamiz. Qolgani esa Allohdan deb bilaman. Shuningdek, ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Nasibam qo‘shilgan ekan, yangi mavsumda “Navbahor” libosida o‘ynayman!

— “Navbahor” borasida nima deya olasiz? Oldingizda ko‘plab variantlar bo‘lishiga qaramay, jamoamizni tanlashingizning sababi nimada?
— “Navbahor”ni tanlashimga yuqorida ta’kidlaganimdek, ushbu jamoa tarkibida ko‘plab do‘stlarim borligi. Ular bilan avval ham birga o‘ynaganmiz, qolaversa, ayrimlari bilan milliy terma jamoada birga to‘p tepyapmiz. Shu jihatlarni inobatga olgan holda, “Navbahor”ni tanladim, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

– “Navbahor” muxlislarining ijobiy hamda salbiy xislatlari haqida nima deya olasiz?
— Jamoa ishqibozlarini yurtimizda o‘z o‘rinlari bor. Ular haqida salbiy fikr aytolmayman va bunday niyatim ham yo‘q. Namanganlik muxlislarning “Navbahor”ni qanday qo‘llab-quvvatlashlarini barcha hamyurtlarimiz bilishadi. Shuning uchun ular haqida ortiqcha gapirish hamda ta’rif berishga hojat yo‘q! Ishqibozlar meni ham iliq tarzda kutib olishdi.

— So‘nggi so‘z o‘rnidagi fikrlaringiz?
— Avvalo Qatardagi Osiyo kubogi turnirida biz – futbolchilarni qo‘llagan va bizga ishonganlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor” muxlislaridan ham yangi mavsumda jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz. Nasib etsa, yana suhbatlashamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:52, 11.02.2024.
O'qildi: 2738 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.