Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shahzodbek G‘ofurbekov: “Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi”

Shahzodbek G‘ofurbekov: “Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi”

Baho:
+ | -

So‘nggi mavsumlarda “Metallurg” tarkibida asosiy og‘irlikni o‘z zimmasiga olayotgan futbolchilardan biri Shahzodbek G‘ofurbekov bo‘layapti. Xususan, o‘tgan mavsum jamoada eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchi G‘ofurbekov bo‘lganligi fikrimiz isbotidir. Shahzodbek bilan suhbatimiz yangi mavsum rejalari, qishki yig‘in, jamoadagi raqobat xususida bo‘ldi.

— Shahzodbek, Antaliya yig‘ini qanday o‘tayapti? Taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz...
— Turkiya yig‘ini ko‘ngildagidek o‘tmoqda. Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun xorij yig‘inini tashkil etib bergan muassislarimizga, klub rahbariyatiga tashakkur. Antaliyada ob havo xuddi bahor faslidagidek. Shug‘ullanish uchun ayni muddao. O‘ylaymanki, yig‘in davomida olayotgan jismoniy yuklamalarimiz, bajarayotgan mashg‘ulotlarimiz mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishimizda o‘z samarasini beradi.

— Nazorat uchrashuvlarida bitta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang qayd etildi. Jamoaning o‘yinidan qanchalik qoniqish hosil qilindi?
— Bu yig‘indagi o‘yinlar o‘z nomi bilan nazorat uchrashuvi. Jamoamizdagi o‘yin holati, futbolchilarning jismoniy holati haqida murabbiylar shtabimiz xulosa chiqarishi uchun zarur. Aslida natija uchun o‘ynalmaydi. Shunday bo‘lsa-da bir narsani aytishim mumkin, biz o‘yindan o‘yinga maydonda bir birlarimizni yaxshiroq tushunib borayapmiz. Yangi o‘yinchilar bilan jamoamizga ko‘nikayapti. Natijalar ham ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Shunday ekan mavsumning boshigacha formamizni to‘liq tiklab olishimizga ishonaman

— O‘tgan mavsumga nisbatan “Metallurg” tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Tarkibga yangi o‘yinchilar kelib qo‘shildi. Ular haqida fikrlaringiz?..
— Nazorat uchrashuvlari orqali uzul kesil xulosa chiqarish to‘g‘rimas. Mavsum boshlansin, keyin fikr bildirsak bo‘ladi. Ammo shuni aytishim kerakki, klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi barcha chiziqlarga tajribali o‘yinchilarni jalb etishdi. Tarkibda sog‘lom va kuchli raqobatni yuzaga keltirishdi. Bu esa har bir o‘yinchidan o‘z ustida jiddiy ishlashni, asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanish uchun har bitta o‘yinda bor kuch va mahoratini ishga solishni talab etadi. Raqobat bor joyda esa o‘sish bo‘ladi. Bu esa jamoaning natijasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

— Siz o‘ynaydigan chiziqdagi raqobat haqida gaplashsak...
— O‘z vaqtida Bekobod jamoasi sharafini himoya qilgan Mirg‘iyos aka Sulaymonov qadrdon klubiga qaytdi. U kishi bilan “Metallurg”ning o‘ng qanotini mustahkamlashga astoydil harakat qilamiz. Murabbiylar o‘yin kuni kimni loyiq deb hisoblasa o‘sha futbolchi maydonga tushadi. Futbolchilardan harakat, murabbiylardan esa tanlov.

— Yangi mavsumga qur’a tashlandi. Birinchi davradagi raqiblarimiz, ular bilan o‘ynaydigan sanalar ma’lum...
— Rosti bu narsaga jiddiy e’tibor qaratayotganimiz yo‘q. Sababi, Superliganing hamma jamoalari bilan o‘ynab chiqamiz. Qolaversa, mavsum boshida barcha jamoalarning imkoniyatlari bir xil bo‘ladi deb o‘ylayman. Raqibga nisbatan taktika tanlash, murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajarishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Eng asosiysi hech bir raqibdan cho‘chimasdan, aniq maqsad bilan maydonga tushish kerak. Shunda natijaning o‘zi kelaveradi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 11:36, 11.02.2024.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.