Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Kimmix Tuxeldan xafa bo‘ldi

Kimmix Tuxeldan xafa bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Bayer" bilan o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq uni maydonga tushirmagani uchun murabbiyning qaroridan xafa bo‘lganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Bavariya” “Bayer”ga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kimmix o‘yinning so‘nggi yarim soatini maydonda o‘tkazdi. Bu yarim himoyachining yelkasidagi jarohatdan keyingi ilk uchrashuvi edi.

"So‘nggi ikki hafta ichida men tezda qaytish va "Bayer"ga qarshi birinchi daqiqalardanoq o‘ynash uchun qo‘limdan kelganini qildim. Lekin yakuniy qarorni murabbiy qabul qiladi, buni biz futbolchilar qabul qilishimiz kerak", - deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bild.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:08, 12.02.2024.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик