Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

"Surxon" arena texnik hududlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Surxon" arena texnik hududlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Liga va "Surxon" klubi o‘zaro kelishgan holda Termizdagi "Surxon" arenada bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hamda Milliy teleradiokompaniya mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Ta’mirlash ishlari ma’lum bosqichga yetgani hisobga olinib, Liga talabi bo‘yicha texnik hudud qanday bo‘lishini kelishish lozim edi. Futbolchilar va hakamlar kiyim almashtirish xonalari, komissar faoliyat olib boradigan xona, OAV uchun media tribuna va matbuot anjumani zali, VIP hamda CIP sektorlar qayerda va qanday joylashishi kabi masalalar hal etildi. Zaxira o‘rindig‘i qanday ko‘rinishda bo‘lishi kelishib olindi.

Shuningdek, VAR hamda televideniye texnikasi joy olishi lozim bo‘lgan nuqta, mazkur nuqtalar uchun zarur bo‘lgan stadion texnikasi masalasi muhokama qilindi. Kelajakda VAR mutaxassislari ishlashi uchun stadionning o‘zida alohida xona bo‘lishi belgilab olindi. Televideniye kameralari joy oladigan nuqtalar, mazkur nuqtalarga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan texnika, nuqtaning muxlislardan alohida ajratilishi va jihozlanishi masalalari kelishildi.

Sir emaski, "Surxon" rahbariyati VIP sektorga qarama-qarshi tribunalar ortidagi hududda ham yangi maydon barpo qilmoqda. Kelajakda mazkur maydon nafaqat mashg‘ulotlar, balki U21 jamoasi uchrashuvlariga ham mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, tribuna ostida qo‘shimcha kiyim almashtirish va boshqa zarur xonalarni jihozlash, maydon atrofini Liga talabi darajasida o‘rab olish, texnik hudud, zaxira o‘rindiqlari masalasi va muxlislar joy olishi uchun kichik tribuna hozirlash masalalari yuzasidan kelishildi.

Liga media bo‘limi avvalroq "Surxon" arenada bo‘lib, quyidagi videolavhani ulashgandi. Surxon arena mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab ishga tushishi rejalashtirilgan.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 20:46, 12.02.2024.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.