Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Nodirbek Abdusattorov yarim finalning ilk o‘yinida Magnus Karlsenga yutqazdi

Nodirbek Abdusattorov yarim finalning ilk o‘yinida Magnus Karlsenga yutqazdi

Baho:
+ | -

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida bugun yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yinlar o‘tkazildi.

Nodirbek Abdusattorov final yo‘llanmasi uchun 17 karra jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda bahs olib boradi. Shaxmatning bu turida hali debyut nazariyalari ishlab chiqilmagani uchun tomonlar o‘yin boshidanoq xatolarga yo‘l qo‘yishi ham mumkin. Qaysi sportchi raqibining xatosidan unumli foydalansa, odatda, o‘sha yutib ketadi.

Bugun esa Karlsen o‘zbekistonlik shaxmatchining xatosidan foydalanib qoldi. Hamyurtimiz 29-yurishda Farzinlarni almashtirishni taklif qilib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Magnus raqibdan bunday yurishni kutmaganini tan oldi:

"Bunday shaxmatda ustunlik u tomondan bu tomonga o‘tib turadi. Oldindan nima kutishni bilmaysan. Kutilmaganda esa Farzanlarni almashdik. Shundan keyin men g‘alaba qozonishimni tushunib yetdim".

Ha, Farzinlar almashuvidan keyin ustunlik norvegiyalik shaxmatchi tomoniga o‘tib ketdi. 35-yurishda Nodirbek raqibning Ot bilan bir xavfli yurishini ko‘rmay qoldi va noaniq yurishni amalga oshirdi. Natijada 36-yurishda Abdusattarov mag‘lubiyatni tan oldi.

Ertaga ikkinchi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Vatandoshimiz oq donalarda o‘ynaydi.

Yarim final natijalari

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) -  Magnus Karlsen (Norvegiya) - 0:1
Levon Aronian (AQSH) - Fabiano Karuana (AQSH) - 1:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:53, 13.02.2024.
O'qildi: 1992 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик