Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Nasaf» pley-offda o‘z yurishini boshlaydi. Raqib — «Al-Ayn» (prevyu)

«Nasaf» pley-offda o‘z yurishini boshlaydi. Raqib — «Al-Ayn» (prevyu)

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finalida Qarshining “Nasaf” jamoasi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 14 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bu uchrashuv “Nasaf” uchun yangi mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvi bo‘lsa, “Al-Ayn” 5 kun oldin BAA Kubogi doirasidagi “Al-Ittihod Kalba”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi va g‘alaba qozondi.

Amirliklarda hozir futbol mavsumi davom etmoqda. Jamoa chempionatning ikkinchi o‘rnida bormoqda. Ular yetakchi “Al-Vasl”dan 8 ochko kam to‘plagan.

Jamoa bosh murabbiyi klub uchun taqvim juda tig‘iz ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Qarshining “Nasaf” jamoasi mavsum oralig‘ida tarkibini yangi yulduzlar bilan to‘ldirdi. Ammo tarkibda muammolar mavjud.  Bugungi o‘yinni OAVdagi xabarlarga tayanadigan bo‘lsak, Sherzod Nasrullayev, Zafarmurod Abdurahmatov, Alibek Davronov, Zoran Marushich, Umid Ergashev va Islom Kenjaboyev kabi tajribali o‘yinchilar o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, Berdiyev Zafarmurod Abdurahmatovning holati haqidagi savolga to‘xtalib, uning ruhiy holati yaxshi ekanligini aytib o‘tdi. U shamollagani sababli 3-4 kun mashg‘ulotlarda ishtirok etolmaganiga qaramasdan, katta ehtimol bilan maydonga tushadi.

“Nasaf” “Al-Ayn” klubiga qarshi ikki bora to‘qnash kelgan. Qashqadaryoda durang qayd etgan jamoa, mehmonda kichik (0-2) hisobida mag‘lubiyatga uchragan. “Nasaf” bosh murabbiyi bu o‘yindan keyin ikki jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lganini, raqib hozir butunlay o‘zgacha jamoa ekanligiga to‘xtaldi.

Ushbu o‘yin kurashlarga boy bo‘ladi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoa yangi mavsumning birinchi uchrashuvida maydonga tushayotgani sababli ham ehtiyotkor o‘yin taktikasini tanlashini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, murabbiy raqibning hujumkor o‘yin ko‘rsatayotganiga alohida to‘xtaldi.

Raqib jamoa bosh murabbiyi Ernan Krespo Qarshi jamoasini yaxshi o‘rgangani va ularni hurmat qilishini alohida ta’kidladi. Shunga qaramay, ta’kidlash mumkinki, “Al-Ayn” jamoasining aksar o‘yinchilari legioner ekanligini hisobga olinsa, Chempionlar Ligasidagi limit sabab, ularning ko‘pchiligi Chempionlar Ligasi bahslarida ishtirok eta olmaydi. “Al-Ayn” jamoasi bugungi o‘yinda rotasiya ishlarini amalga oshiradi.

Guruh bahslarida ikki jamoa ham yetakchi o‘rinni egalladi. “Nasaf” bu natijaga 11 ochko bilan erishgan bo‘lsa, “Al-Ayn” A guruhida 15 ochko bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

“Al-Ayn” guruh bosqichida 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular “Kavasaki” jamoasi bilan birgalikda guruh o‘yinlari yetakchisi. Ammo jamoa 6 o‘yinda 9 bora o‘z darvozasining daxlsizligini saqlay olmagan.

“Nasaf” guruh o‘yinlarida kamroq gol urdi: 10 ta. Qarshiliklar 6 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.

Guruhdagi o‘yinlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi o‘yinda BAA klubi hujumkor o‘yin ko‘rsatishini taxmin qilish mumkin.

“Nasaf” ham hozirda kuchli hujumchilarga ega, tarkibga O‘zbekiston termasi hujumchisi Bobur Abduxoliqovning jalb qilinganini hisobga olsak, bu o‘yinda Qashqadaryo jamoasining ham raqib maydonida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishini kutsa bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:33, 14.02.2024.
O'qildi: 1818 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.