Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Samvel Babayan: «Karim Benzema Namangandagi o‘yinda ishtirok etishini istagandim»

Samvel Babayan: «Karim Benzema Namangandagi o‘yinda ishtirok etishini istagandim»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Ittihod”  o‘yinidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Samvel Babayan ishtirok etdi.

— Osiyo chempionlar ligasidagi har bir o‘yin "Navbahor" uchun tarixiy ahamiyatga ega. Jamoa rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar 2023 yilda katta hajmda ishni amalga oshirdi va OCHL pley-off bosqichiga chiqdik. Bir yil avval jahon futbol yulduzlarining Namanganga kelishini faqatgina orzu qilish mumkin edi. Bugun esa bu real voqeaga aylandi.

Ertaga biz nafaqat Namangan shahri yoki viloyati sharafini, balki butun mamlakat sharafini himoya qilamiz. Umid qilaman, yurtimizdagi barcha muxlislar "Navbahor"ga muxlislik qilishadi.

Raqib haqidagi gapiradigan bo‘lsam, "Al-Ittihod" alohida tanishtiruvga muhtoj emas. BU katta tarixga ega jamoa va ko‘p yutuqlarga erishgan. Klub safida jahon futbol yulduzlari to‘p tepadi. Tayyorgarlik borasida "Al-Ittihod" ustunlikka ega. Saudiya chempionatining ikkinchi davrasi boshlanganidan keyin bu jamoa ikkita rasmiy o‘yinda ishitrok etdi.

Biz esa mavsum erta boshlanishini inobatga olgan holda tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Ko‘pgina nazorat o‘yinlarida ishtirok etdik. Ammo hech bir nazorat o‘yinida to‘liq tarkib bilan ishtirok eta olmadik.

Ertaga tartibli va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan o‘yin, katta ishtiyoq va muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi yordamida "Al-Ittihod"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishimiz mumkin.

— Karim Benzema ertaga "Navbahor"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Uning maydonga tushmasligi yaxshi holatmi yoki uning o‘yinda ishtirok etishini istarmidingiz?
— Aytib o‘tganimdek, jahon darajasida yulduzlarning O‘zbekistonga kelishi biz uchun katta tarix. Albatta, uning yurtimizga kelishini va bizga qarshi o‘yinda ishtirok etishini istardik. U maydonda bo‘lsa, yurtimizda futbolga qiziqish ortadi. Ammo Benzemasiz ham "Al-Ittihod" kuchli o‘yin namoyish etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 14.02.2024.
O'qildi: 2270 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.