Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiy Yurgen Klinsmanni iste’foga chiqarishga yaqin

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiy Yurgen Klinsmanni iste’foga chiqarishga yaqin

Baho:
+ | -

Koreya Futbol Assosiasiyasi (KFA) maslahat qo‘mitasi 15 yanvar kungi yig‘ilishida Osiyo Kubogi yarim finalida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Yurgen Klinsmanning faoliyatini keskin tanqid qildi va rahbariyat uni iste’foga chiqarish kerakligini aytib o‘tdi.

Terma jamoalar qo‘mitasi ma’muriy qarorlar qabul qila olmaydi va shartnomasi JCH-2026'gacha bo‘lgan Klinsmanni iste’foga chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilish majburiyatini assosasiyaning Ijroiya kengashiga qoldiradi.

FIFA reytingida 23-o‘rinni egallab turgan Janubiy Koreya shu oy boshida Osiyo Kubogidan o‘rin olgan yarim final o‘yinida 87-o‘rinda borayotgan Iordaniyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan va muxlislar, ba’zi siyosatchilar tomonidan 59 yoshli mutaxassis keskin tanqid qilinib, uning iste’fosini so‘ragan.

Germaniyalik mutaxassisning Koreyadagi mashhurligi turnir davomida keskin tushib ketdi, ko‘pchilik uning yurish-turishini tanqid qildi, hatto, maydonda jamoasi yutqazayotganda ham tabassum qilishi ko‘pchilikka yoqmadi.
Foto: Getty Images

Klinsmann ko‘p vaqtini Janubiy Koreyada o‘tkazishga va’da berganiga qaramay, o‘zi yashaydigan Los-Anjelesda turib ishlagani uchun bir necha bor tanqidlarga uchragandi. U payshanba kungi uchrashuvda ham videoqo‘ng‘iroq orqali ishtirok etdi.

“Turli sabablarga ko‘ra, murabbiy Klinsmann endi terma jamoa murabbiyi sifatida ishlay olmaydi va tashkilot uni ishdan bo‘shatishi kerakligi xulosa qilindi”, — dedi assosiasiyaning texnik direktori Hvan Bo-Kvan yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlarga.

“Klinsmanning o‘z ishiga bo‘lgan munosabati, shu jumladan, Janubiy Koreyada istiqomat qilmay faoliyat olib borgani jamoatchilikka nisbatan hurmatsizlik ekanligi aytilmoqda”, — qo‘shimcha qildi Hvan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Klinsmann chetlatilsa, Tailandga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati saralash o‘yini uchun jamoani vaqtincha boshqarishi mumkin bo‘lgan nomlar orasida janubiy koreyalik sobiq futbolchi Xong Myung Bo ham bor.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 15.02.2024.
O'qildi: 9450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик