Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Galyardo va Kante "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Galyardo va Kante "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Al-Ittihod” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo va mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan N`Golo Kantelar ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi. Quyida ularning fikrlarini e’tiboringizga havola o‘tamiz.

Marselo Galyardo: - Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo maydon yuqori sifatda emasdi. Biz yaxshi himoyalandik va darvozamiz yonida xavf yaratilishiga yo‘l qo‘ymadik. Birdamlikda harakat qildik. Jamoaning o‘yinidan xursandman. 

Raqib himoyasi zich bo‘lganligi bois, uni yorib o‘tolmadik. Jidda shahridagi o‘yin boshqacha o‘tadi. So‘nggi vaqtlarda jarohatlar tufayli bizga omad kulib boqmadi. 

Biz 19 nafar futbolchi bilan o‘ynayapmiz, qolganlarning ham tezroq safga qaytishlari uchun harakat qilyapmiz. 

Bugun Romarinyoda ham biroz toliqish sezildi, ammo bu jarohat emas. Menimcha, u javob o‘yiniga shay holatda bo‘ladi.

N`Golo Kante: - O‘yin juda qiyin kechdi. Yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik va raqib himoyasini yorib o‘tolmadik. Hammasini Jiddada hal qilishga harakat qilamiz.Imkon darajasida o‘ynadik. 

Men Yevropada tug‘ilganman va o‘sha yerda o‘ynaganman. Osiyo muhiti men uchun yangilik va bu yerga asta-sekin moslashyapman.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:08, 16.02.2024.
O'qildi: 10105 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.