"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik Yevropa ligasi pley-off bosqichining birinchi o‘yinida "Renn"ga (3:0) qarshi o‘yinda qanday qilib ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lganini aytib berdi.
“Men gol urish uchun to‘g‘ri pozisiyani egallash ustida ishladim va hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Biz o‘yinma-o‘yin rivojlanishga harakat qilmoqdamiz. Bugungi kecha ajoyib o‘tdi", - dedi futbolchi UEFA matbuot xizmatiga.