Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Top-5 ligadagi eng fidoyi futbolchilar reytingi tuzildi

Top-5 ligadagi eng fidoyi futbolchilar reytingi tuzildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Xalqaro futboldagi sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) talqiniga ko‘ra, top-5 liganing eng fidoyi faol futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 34 yoshli nemis Myunxen klubida 16 mavsumdan beri to‘p surmoqda.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi himoyachisi Toni Yanchke (16 mavsum) joylashgan. Uchinchi o‘rinni "Atletik"dan Iker Munyain egalladi (15 mavsum). Bilbao jamoasining yana bir futbolchisi Oskar de Markos (15 mavsum) reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikni “Atletiko”dan Koke (15 mavsum) yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Myuller "Bavariya"ning asosiy jamoasida 2008 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. 34 yoshli Tomas “qizillar” safida 692 ta o‘yinda maydonga tushib, 237 ta gol urdi va 264 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:03, 16.02.2024.
O'qildi: 3007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик