Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:00 Chelsi 2-1 Brentford
16/12 00:00 Sautgempton 0-5 Tottenhem
16/12 00:45 Milan 0-0 Jenoa
16/12 01:00 Barselona 0-1 Leganes
17/12 00:45 Lasio 0-6 Inter
17/12 01:00 Bornmut 1-1 Vest Xem

Dunyoni hayratga solgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida

Dunyoni hayratga solgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

1990 yilning fevralida, 34 yil oldin, Mayk Tayson Tokioda Jeyms Duglas bilan jang qildi va faoliyatida birinchi marta mag‘lub bo‘ldi.

Unchalik kuchli bo‘lmagan raqibga qarshi chempionlik kamarlarining navbatdagi himoyasi omadsizlik bilan yakunlandi, bu mag‘lubiyat indiya-rokerlar jamoasining o‘z kumirlari haqida qo‘shiq chiqarishga majbur qildi.

Tayson bu jangda yaqqol favorit edi, lekin u faoliyatida birinchi marta bu vazn toifasida 7-o‘rinda turuvchi, jangdan bir oy oldin onasidan ayrilgan bokschiga imkoniyatni boy berdi

Mayk Tayson va Jeyms Duglas o‘rtasidagi jang natijasi hanuzgacha boks tarixidagi kutilmagan holatlardan biri hisoblanadi. Duglas, hatto, Taysonning asosiy raqibi sifatida qabul qilinmagan: promouter Don King Evander Holifild bilan jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ammo u dam olishi uchun uchun vaqt so‘ragan.

Shunday qilib, Jeyms Duglas bilan jang varianti paydo bo‘lgan. Taysonning murabbiylari asosiy jang oldidan katta tanaffus qolib ketmasligi uchun bu jangni mashg‘ulotlar davomi deb hisoblardi. Jang Tayson Tonni Tabbsni mag‘lub etgan Yaponiyaning “Tokio Doum” saroyida bo‘lib o‘tgan.

Duglas bilan jang oldidan Tayson umuman mashq qilmagani va deyarli 14 kg ortiqcha vaznga ega bo‘lganligi haqida mish-mishlar tarqalgan va King agar Tayson jang uchun formaga qayta olsa, unga pul mukofotini va’da qilgan.

“Mashg‘ulotlardan voz kechdim deb ayta olmayman. Ammo janglar orasida men juda ko‘p zararli odatlardan o‘zimga cheklamadim. Men Duglasdan ertaroq zalga borardim — buni aniq eslayman. O‘sha paytda men yuzaki mashg‘ulot o‘tkazardim. Uning birorta jangini kuzatmaganman”, — degan edi Tayson.

Duglas faoliyatidagi asosiy jangga jiddiy yondashdi. Jangdan uch hafta oldin onasi vafot etgan, to‘rt hafta oldin turmush o‘rtog‘i tashlab ketgandi. Bu esa unga qo‘shimcha yuk bo‘lgan. Duglasga, hatto, yuzaga kelgan muammolar tufayli ringga chiqmaslik taklif qilingan, ammo u rozi bo‘lmagan: “Men onam uchun g‘alaba qozonishni xohlardim. Agar jangdan yuz o‘girsam bu qo‘rqoqlik bo‘lar edi”, — degandi Duglas.

Duglas Taysondan taktik jihatdan ustun bo‘lish uchun bor imkoyatini ish soldi. Bokschi Taysonning jismoniy holati abgorligidan foydalanishga urindi.

Taysonning jangdan keyingi statistikasi ham havas qilarli darajada emas edi. Duglas 123 marta Taysonga jeb zarbasini bergan. Ushbu ko‘rsatgich Taysonda 23 ta. Bundan tashqari kuchli zarbalarning 102 tasini afsonaviy Mayk “qabul” qilib olgan. Duglas Taysonni 10-raundda nokautga uchratadi. Bu uning birinchi va dahshatli mag‘lubiyati edi.




2023 yilda Mayk ushbu mag‘lubiyatini faoliyatidagi eng yaxshisi deb atadi. “To‘g‘risi, bu mening yuzimga tortilgan tarasaki edi. Tasavvur qiling, men shu jangdan keyin ”bo‘ldi, men omadsizman” deb faoliyatimni tugatganimda nima bo‘lardi? Hamma shunday bo‘lishini kutdi. Lekin hayot ma’nosi, yiqilgandan keyin qayta oyoqqa turishdir”, — deydi Tayson.

2017 yilda Nevadaning mashhur indiya-rok afsonalari besh yillik tanaffusdan so‘ng yangi “Wonderful, Wonderful” qo‘shiqlari bilan katta sahnaga qaytishdi. Qo‘shiqda Tayson va Duglas jangi eslab o‘tilgan. Ushbu qo‘shiq hit darajasiga ko‘tarildi.

Ushbu qo‘shiqda guruh yetakchi qo‘shiqchisi Brandon Flauers Taysonning mag‘lubiyatini qanday “hazm” qilgani haqida gapiradi. 1990 yilda Flauers 8 yoshda edi, u yengilmas Taysonni yaxshi ko‘rardi va kumirining mag‘lubiyati uning uchun katta zarba bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:11, 16.02.2024.
O'qildi: 3234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.