Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Pyer-Emerik Obameyang: «Kataloniyaliklardan hamon xabarlar kelmoqda»

Pyer-Emerik Obameyang: «Kataloniyaliklardan hamon xabarlar kelmoqda»

Baho:
+ | -

Ayni payt «Marsel»da «ikkinchi yoshligi»ni o‘tkazayotgan Pyer-Emerik Obameyang taniqli insayder Jerar Romero bilan suhbat davomida «Barselona»dagi faoliyatini esga oldi.

Gabonlik hujumchining aytishicha, unda «Chelsi»dan ketgach, to‘g‘ri Kataloniyaga qaytish imkoni tug‘ilgan ekan, biroq.

— Pyer-Emerik, «Barselona»dagi davrni qanday eslaysiz?
— Kataloniya klubi tizimiga taalluqli barchadan, jumladan, muxlislardan samimiy munosabat va muhabbat uchun bag‘oyat minnatdorman. Aytishim joiz, meni sog‘inayotgan «Barsa» muxlislaridan haligacha xabarlar olib turibman. Bunday e’tibor juda yoqimli, albatta.

— Sir bo‘lmasa, kataloniya­liklar qanday xabarlar yozishmoqda?
— Asosan «Barselona»ga qaytishim haqida. Oxir-oqibat, qaytish amalga oshgani yo‘q. Nega? Bunisini bilmayman. Bu — hayot, taqdir taqozosi. Aslida butun qalbim bilan Kataloniyaga qaytishni xohlagandim, ammo... Umuman, jamoada o‘tgan 8 oylik umrimga aslo achinmayman, aksincha, bundan chinakamiga faxrlanaman. Binobarin, «Kamp Nou»da aqlga sig‘mas onlarni boshdan kechirdim.

— Aytishlaricha, «Barselona»dan ketishingizga moliyaviy muammolar sabab bo‘lgan ekan...
— To‘g‘ri, ketishim «Barselona»da yuzaga kelgan moliyaviy yetishmovchiliklar bilan bog‘liq. O‘shanda klub biror futbolchini sotishi kerak edi va rahbariyat meni transferga qo‘ydi. Buning uchun kimdandir o‘pkalanishim o‘rinsiz. O‘zimga qolsa, «Barsa»da yana bir necha yil o‘ynashga moyil edim. Umuman, hech narsadan afsuslanmayman. Chunki hayot shunaqa. Fakt shuki, klubda oz fursat o‘ynagan bo‘lsamda, chinakamiga zavqlandim, eng muhimi, yorqin va yoqimli xotiralar qoldi.

— 2022 yilning avgustida Barselonadagi uyingizda talonchilik yuz berdi. O‘sha voqea oilangizga qanday ta’sir qilgandi?
— Talonchilik oqibatida ayniqsa, farzandlarim ko‘p aziyat chekishdi. Ular haligacha tunda yolg‘iz uxlay olishmaydi, qattiq qo‘rqib qolishgan. Umuman, o‘sha jinoyat barchamizni «shok» holatiga tushirgandi. Xudoga shukrki, hech kim jiddiy zarar ko‘rmadi, faqat ayrim narsalarni o‘g‘irlab ketishdi...

— «Ko‘k-anorranglilar»ning bugungi muammolari yuzasidan nima deya olasiz?
— Mavsum hali tugamadi, CHLning asosiy qismi ham oldinda. Ha, «Barselona» real muammolarga duch kelmoqda, ammo jamoa har qanday holatda ham, joriy mavsum nimadir yutish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi shart. Menimcha, Xavi juda malakali murabbiy. Uning insoniylik sifatlari haqida esa gapirishga hojat ham yo‘q — shunchaki, ideal! Klub unga ishonishi kerak. Aminmanki, Xavi ketishidan oldin jamoaga bor kuchini beradi.

— Yurgen Klopp «Barsa»ni talab darajasida bosh­qara oladimi, sizningcha?
— Agar buning iloji topilsa, «Barselona» Klopp bilan hamkorlikdan mislsiz dajarada naf ko‘rardi. Zero, gap o‘z jamoasiga jon fido qiladigan, barcha zaruriy narsalarni beradigan murabbiy haqida ketmoqda. Unutmaylik, Klopp yetarlicha sovrinlar yutish asnosida nimalarga qodirligini isbotlashga ulgurdi. Demak, unga shubha bilan qarash ortiqcha.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 16.02.2024.
O'qildi: 5077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик