Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 0-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

OKMKning Turkiyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvi Markaziy Osiyo derbisi maqomida bo‘lib o‘tadi

OKMKning Turkiyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvi Markaziy Osiyo derbisi maqomida bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yangi — 2024 yilgi mavsum mart oyi boshida start oladi. OKMK esa ushbu mavsum oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Turkiyaning Antaliya shahrida olib bormoqda.

Turkiya yig‘ini doirasida bir nechta klublarga qarshi maydonda saf tortgan olmaliqliklar bu safar qo‘shni Turkmanistonning nomdor jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Hamshaharlarimizga o‘zbek futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo‘lgan «Ahal» klubi raqiblik qiladi.

1989 yilda tashkil topgan «Ahal» klubi Turkmaniston oliy ligasining 6 karra kumush medallari sohibi hisoblanadi. 2022/2023 yilgi mavsumda klub mamlakat chempioniga aylangan. Shuningdek, «Ahal» Turkmaniston kubogida 4 marta zafar quchgan bo‘lsa, Turkmaniston superkubogida bir bor g‘alaba nashidasini surgan. Bugungi raqiblarimiz - Osiyo Chempionlar ligasi ishtirokchisi.

OKMK  va «Ahal» jamoasi o‘rtasidagi Markaziy Osiyo derbisi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
20 fevral, seshanba.
OKMK - «Ahal»

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 15:30, 20.02.2024.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.