Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Benites: "Nyukasl" va Xauga barcha yaxshiliklarni tilayman"

Benites: "Nyukasl" va Xauga barcha yaxshiliklarni tilayman"

Baho:
+ | -

"Nyukasl"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda Ispaniyaning "Selta" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites ingliz klubidagi faoliyatini esladi.

"Biz ko‘p mehnat qildik va cheklovlarni hisobga olib, klub uchun qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qildik. Muxlislar buni qadrlashdi. Men ketganimda klubda allaqachon yangi xo‘jayinlar paydo bo‘lgan edi. "Nyukasl" va Eddi Xauga omad tilayman. Biz juda yaxshi munosabatda edik, men hali ham ularning o‘yinlarini tomosha qilaman va u yerda hali ham bizda bo‘lgan futbolchilar bor. Ular endi o‘sishda va yaxshilanishda davom etishlari uchun ideal vaziyatda, lekin barchasi vaqt o‘tishi bilan bo‘ladi - ba’zida sizda bor, ba’zida esa yo‘q. Mayk Eshli ("Nyukasl"ning sobiq egasi) bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman. Lekin har kimning o‘z manfaatlari bor. Murabbiy ham muxlislar kabi jamoani yaxshilash uchun sarmoya kiritmoqchi, ammo professional va shaxsiy ikki xil narsa. "Liverpul"da ham shunday edi. Men hech qachon xo‘jayinlar bilan janjallashmaganman - shunchaki jamoa yaxshilanishini xohlayman", - dedi Benites The Athletic bilan suhbatda.

Rafael Benites 2016-2019 yillarda "Nyukasl"ni boshqargan. 63 yoshli mutaxassis "Selta"da 2023 yilning yozidan buyon ishlab kelmoqda.

Kiritildi: 18:46, 20.02.2024.
O'qildi: 932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.