Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Navbahor" yangi futbolchilarni istisno bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi

"Navbahor" yangi futbolchilarni istisno bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Namanganning "Navbahor" klubi joriy yilning 10 yanvar sanasiga qadar o‘tgan mavsumdan qolib kelayotgan qarzdorlikni bartaraf qila olmadi. Biroq klub "Futbolchilar maqomi va o‘tishi" qo‘mitasi tomonidan chiqarilgan qarorlar ijrosini to‘liq bajardi.

Assosiasiya hamda Liga klub bilan bog‘liq qarzdorlik masalasi to‘liq o‘rganilguniga qadar transfer taqiqini olmaslikka qaror qildi. Bugun — 21 fevralda klub farm, U19, U21 va ayollar jamoalaridan qolib kelayotgan mavjud qarzdorlik masalasiga to‘la oydinlik kiritdi. Shuningdek, qo‘mitaga murojaat qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan asosiy tarkib a’zolari bilan kelishuv imzolandi.

Endilikda "Navbahor" oldiga birinchi galda yoshlar va ayollar jamoasi bilan hisob-kitob qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur qarzdorlik dastlabki ikki uy uchrashuvidan ko‘riladigan foyda hisobidan qoplanishi kafolatlandi. Shuningdek, klub Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli yurishi natijasida ega chiqadigan daromadni ham ilk navbatda qarzlarni bartaraf etish uchun sarflaydi. Kelajakda "Navbahor" futzal, ayollar va yoshlar jamoalari bilan ishlash mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi shart. Mavjud holat mavsum davomida kuzatilsa va yil yakunida o‘xshash masalalar amalda bo‘lsa, klubga nisbatan yanada qat’iyroq sanksiyalar qo‘llaniladi.

Liga "Navbahor" klubining so‘nggi yillardagi muvaffaqiyati, ayniqsa, jamoaning xalqaro maydonda qayd etayotgan natijalarini yuqori baholaydi. Muxlislar bilan ishlash, asosiy tarkibga bo‘lgan talab va yondashuv masalasida "Navbahor" haqida iliq fikrlar bildirish mumkin. Mazkur holatlarni inobatga olib, "Navbahor" strukturasini to‘liq professional ko‘rinishga keltirish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi shartida Assosiasiya klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat beradi.

Shuningdek, Assosiasiya tomonidan qo‘yilgan talablar ijrosi bajarilganligi bo‘yicha hisobotni 21 fevral kuni taqdim etgan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubidan ham transfer taqiqi yechildi.

Kiritildi: 21:47, 21.02.2024.
O'qildi: 3350 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.