Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Giggz: "Murabbiylik faoliyatimni sog‘indim"

Giggz: "Murabbiylik faoliyatimni sog‘indim"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" afsonasi Rayan Giggz murabbiylikka qaytish istagini bildirdi.

2013 yilning yozida, faoliyatini yakunlashidan bir yil oldin, Giggz David Moyesga yordam berish uchun "Manchester Yunayted"ga o‘yinchi-menejer etib tayinlangan edi.

2014 yil aprel oyida Moyes iste’foga chiqarilganida Giggz "MYU"ni to‘rtta o‘yinda boshqargan edi.

Keyin Giggz ikki mavsum davomida Lui van Galga yordam berdi, biroq 2016 yilning yozida Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"ga kelgach, o‘z klubini tark etdi.

2018 yilning yanvarida Giggz Uels terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq keyinchalik sevgilisini kaltaklagani uchun qo‘yilgan ayblovlar tufayli bu lavozimni tark etishga majbur bo‘lgan.

2022 yilda sud Giggzga qarshi hukm chiqara olmagan hakamlar bu ishni rad etdi va keyinchalik Rayanning ishi qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilmasligi ma’lum bo‘ldi.

Giggz deyarli ikki yildan beri ishsiz, biroq 50 yoshli uelslik murabbiylik ishtiyoqini yo‘qotgani yo‘q.

"Ochig‘i, men Uelsga murabbiylik qilishni yaxshi ko‘rardim. Ishimni sog‘indim va yana murabbiylik qilishimga umid qilaman", - dedi Giggz Daily Mirror bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:29, 21.02.2024.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.