Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Gvardiola "Manchester Siti"ning jarohat olgan futbolchilari haqida fikr bildirdi

Gvardiola "Manchester Siti"ning jarohat olgan futbolchilari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola matbuot anjumanida bir nechta futbolchilar - Yoshko Gvardiol, Kevin de Bryuyne va Jek Grilishning holati haqida fikr bildirdi.

"Gvardiol va Grilish qachon qaytishadi? Bu hafta emas, garchi ular yaqinlashgan bo‘lsa-da. Aniq bilmayman, hali shifokorlar bilan gaplashmadim. Ular "Manchester derbisi"ga tayyor bo‘ladimi? Bilmayman. Agar bilsam, sizga aytaman. De Bryuyne? U yaxshi, jarohati yo‘q. U 100 foiz tayyormi, bilmayman. "Brentford"ga qarshi o‘yinda tavakkal qilmaganimizda to‘g‘ri qaror qabul qildik. Kevin o‘zini qulay his qilmadi. Bugun mashg‘ulotimiz bor, uning holatiga baho beramiz. Ishonchim komilki, u o‘yinga boradi", - dedi Gvardiola.

Shanba kuni "Manchester Siti" safarda "Bornmut"ga qarshi APL o‘yinini o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:09, 23.02.2024.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик