Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

La Ligani kim yutadi: imkoniyatlarni baholaymiz

La Ligani kim yutadi: imkoniyatlarni baholaymiz

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi bizni "Real Madrid"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi va "Barselona"ning halokatli o‘yini bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bugun joriy mavsumda chempionlik uchun qaysi klubning imkoniyati ko‘proq ekanligi haqida fikr yuritishga urunib ko‘ramiz.

“Atletiko Madrid”

Bu mavsumda "Atletiko" o‘zi uchun eng barqaror mavsumni o‘tkazmayapti. Biroq so‘nggi paytlarda jamoaning natijalari biroz yaxshilangan, chunki so‘nggi oltita uchrashuvda "matraschilar" faqat bir marta mag‘lub bo‘lishdi. Shunga qaramay, “Atletiko”ning peshqadam “Real”dan farqi 11 ochkoga yetadi, shuning uchun Diyego Simeone shogirdlarining kubokni yutish ehtimoli minimal.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 5%

“Barselona”

Oxirgi o‘yinda "Barselona" safarda "Selta" ustidan zo‘rg‘a g‘alaba qozondi (2:1), bir hafta oldin esa o‘z maydonida La Liganing so‘nggi jamoasi "Granada"ni mag‘lub eta olmadi (3:3). Albatta, "ko‘k-anorranglilar" muntazam ravishda ochko to‘plashga harakat qilishadi, lekin shu bilan birga, Xavi shogirdlari muntazam ravishda gol o‘tkazib yuborishadi va raqiblariga o‘z darvozasi oldida ko‘p imkoniyat berishadi. Yaqinda ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunlanganidan so‘ng "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi va bu qarorga hech narsa ta’sir qila olmasligini ta’kidladi. "Barselona"ning bu mavsumda oltin yutish imkoniyati juda past, chunki Karlo Anchelottining "Real"i kataloniyaliklarga yaqinlashishga imkon bermay, o‘z yo‘lidagi barchani yo‘q qilmoqda.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 10%

"Jirona"

"Jirona" bu mavsumda haqiqiy kashfiyotga aylandi. Jamoa uzoq vaqt davomida Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qildi va chempionlik uchun kurashda jiddiy favorit hisoblanar edi. Ammo u "Real Madrid" hujumiga dos. bera olmadi, unga qarshi o‘yinda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va boshqa kuni "Atletik" bilan o‘yinda ham yutqazib qo‘ydi.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 20%

"Real Madrid”

Ko‘pgina mutaxassislar o‘tgan mavsum omadsiz o‘tgandan so‘ng "Real Madrid"ning qayta tiklanishiga ishonishmadi, biroq ingliz olmosi Jud Bellingem kelishi bilan jamoaning o‘yini sezilarli darajada yaxshilandi. Yarim himoyachi shu zahotiyoq "Real" hujumlari yetakchisiga aylandi va ayni damda Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. 25 turdan so‘ng "Real" ikkinchi o‘rindagi "Jirona"dan 6 ochko oldinda va katta ehtimol bilan oradagi farq faqat o‘sib boradi, chunki bu mavsumda Anchelotti shogirdlari bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lub bo‘lishdi va hozir mag‘lubiyatsiz 19 uchrashuvdan iborat seriyani davom ettirishmoqda.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 65%

Kiritildi: 14:08, 24.02.2024.
O'qildi: 6166 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.