«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.
Germaniyalik futbolchi «Sevilya»ga qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotda qatnashdi. Uning ertangi uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, Oyudiger 1 fevral kuni bo‘lib o‘tgan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.