Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

"Qo‘qon-1912" nazorat uchrashuvida "Paxtakor"ni yutdi

"Qo‘qon-1912" nazorat uchrashuvida "Paxtakor"ni yutdi

Baho:
+ | -

Bugun «Qo‘qon-1912» Toshkentdagi yig‘in doirasida «Paxtakor»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida Umar Adxamzoda hisobni ochdi. Shundan so‘ng "Qo‘qon-1912" yaxshi harakat qildi va jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan Andro Giorgadze hisobni tenglashtirdi.

 Shu tariqa, uchrashuvning birinchi bo‘limi durang natija bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa tarkibni to‘liq o‘zgartirdi. Bahs yakunida Doniyor Ismoilovni raqib himoyachisi jarima maydonchasini ichida yiqitdi va hakam ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini esa Asliddin Toshtemirov aniq foydalandi. Bu uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘ldi va "Qo‘qon-1912" amaldagi chempionini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, «Qo‘qon-1912» jamoasining Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi.

PAXTAKOR - QO‘QON-1912 1:2
Gollar: Umar Adxamzoda - Andro Giorgadze, Asliddin Toshtemirov.

"Qo‘qon-1912"ning boshlang‘ich tarkibi: Azizxon Isakov, Bobur Akbarov, Andro Giorgadze, Zafar Akramov, Zafar Hakimov, Iqboljon Malikjonov, Islombek Sharipov, Bekjon Jo‘raboyev, Farxod Miraxmadov, Ibrohim No‘’monov, Sergey Petrov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzoxid Jalilov, Asliddin Toshtemirov, Usmonali Abdukarimov, Aleksandr Merzlyakov, Asadbek Zokirjonov, Ibrohim Muxtorov, Mustafo Abdumannonov, Javohir Husanov, Muhammadyusuf Turdaliyev, Bobur Sobirov, Doniyor Ismoilov.

«Paxtakor»: Pavel Pavlyuchenko, Behruz Asqarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov, Umar Adhamzoda, Diyorbek Ortiqboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Diyor Xolmatov, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Kiritildi: 20:35, 27.02.2024.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.