Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Yevropadagi eng yorqin jamoalar ro‘yxati tuzildi

Yevropadagi eng yorqin jamoalar ro‘yxati tuzildi

Baho:
+ | -

"Arsenal"

London klubi joriy mavsumda yaqin tarixdagi achchiq alam uchun o‘ch olish uchun o‘ynamoqda. Mikel Arteta jamoasi 2024 yilda haqiqatdan ham qo‘rqinchli ko‘rinmoqda. "Vest Xem"ga qarshi oltita, "Byornli"ga qarshi beshta, "Nyukasl"ga qarshi esa to‘rtta gol urilgani, buni isboti sifatida yangraydi. "Arsenal"da hali ham markaziy hujumchi pozisiyasida muammolar borligini hisobga olsak, 3 ta o‘yinda 15 ta gol bu shunchaki fantastik natijadir. Shu yo‘sinda "to‘pchilar" yana APL chempionligi uchun kurash olib boradi.

"Jirona"

Bunday jamoani ispan xalqi yaqin-orada ko‘rmagan edi. "Jirona"ni "Lester Siti"ga qiyoslash mumkin. Ha, so‘nggi paytlarda kataloniyaliklar chempionlik poygasini boy berishni boshlagandir. Ammo mavsum tugamagunicha bir narsa deyish, baribir qiyin bo‘ladi. Mavsum so‘nggida vaziyat qanday yakunlanishidan qat’iy nazar, "Jirona" bir oyog‘i bilan YECHL yo‘llanmasiga qadam qo‘ydi. Endilikda bu omadni saqlab qolish kerak bo‘ladi.

"Bayer Leverkuzen"

Xarri Keyn boshiga balo klub bu aynan Leverkuzenning "Bayer"i bo‘lib turibdi. Ayrimlar bu jamoani allaqachon Bayern Neverlosin' deya nomlay boshladi (neverlosing– "hech qachon yutqazmaydi" ma’nosida). Mavsum oxiriga 11 tur qoldi. Xabi Alonso jamoasi esa turnir jadvalida 8 ochkolik farq bilan "Bavariya"ni ortda qoldirib turibdi. Alonso yangi mavsumdan "Liverpul"ga o‘tadi degan gaplar yuribdi. Agar bu narda voqelikka aylansa, "Bayer" shu yili chempion bo‘lib olishi kerak. Negaki, "Bavariya" boshqa bunday imkoniyatni taqdim etmasligi mumkin.

"Benfika"

Lissabon shahrining qizil tomoni mavsumni juda ajoyib shaklda davom ettirmoqda. Estadio da Luz hozir yangi yulduzlarga to‘la. Markus Leanardo, Joau Nevish, Antoniu Silva, Di Mariya, Rafa Silva va Florintino Luis kabi futbolchilar "Benfika"ni navbatdagi Portugaliya chempionligiga chorlaydi deya ishonilmoqda.

"PSV"

Biz bu mavsumda faqatgina "Bayer Leverkuzen"gina mag‘lubiyatsiz seriya o‘tkazmayotgani haqida aytganmidik? Aytmagan bo‘lsak, bilib oling: hozir "PSV" ham aynan Xabi Alonso jamoasi izidan bormoqda. "Ayaks"ning inqirozda qolganidan foydalangan eyndxovenliklar chempionlik sari dadil qadamlar bilan bormoqda. Bu klubda yosh va tajribali futbolchilar yig‘ilgani, o‘ziga xos hamohanglikni yuzaga keltirdi.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:48, 28.02.2024.
O'qildi: 2711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик