"Sevilya" markaziy himoyachisi Serxio Ramos keyingi mavsumda ham hozirgi jamoasida qolishi mumkin.
Marca xabariga ko‘ra, Andalusiya klubi ispaniyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, ammo uning kelajagini futbolchining o‘zi hal qiladi.
Xabar qilinishicha, "Real"ning sobiq sardoriga MLS va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar tushgan.
Markaziy himoyachi kelasi mavsum qayerda o‘ynashi borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.