Meyson Grinvud "Manchester Yunayted"ga qaytish niyatida emas.
The Athletic xabariga ko‘ra, Grinvudning fikricha, "Manchester Yunayted" uni oiladagi zo‘ravonlik haqidagi ayblovlar ortidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagan. Keyinchalik bu ayblovlar bekor qilingan. Qolaversa, "Xetafe"da ijara asosida o‘ynayotgan yarim himoyachi Premyer-ligaga qaytganidan so‘ng jiddiy bosim va tekshiruvlarga duch kelishiga ishonib, La Ligada qolishni afzal ko‘radi.
22 yoshli angliyalik futbolchiga "Barselona" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachi uchun 40 million yevro olishni istamoqda.
La Liganing joriy mavsumida Grinvud 22 uchrashuvda 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.