Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. "Navbahor" - "Dinamo". Prevyu

Superliga. "Navbahor" - "Dinamo". Prevyu

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, "Navbahor" Superliga 1-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Dinamo” (Samarqand)ga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 50 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.

Mazkur bahslarda namanganliklar 28, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 88-43, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 93, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0 hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.

Ta’kidlash joizki, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 25 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Ushbu o‘yinlardan 19 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan.

Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati - 56-10, jamoamiz foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” bellashuvi 1 mart kuni soat 18:30 da start oladi.

 

Kiritildi: 15:00, 29.02.2024.
O'qildi: 1665 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.