Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Babayan "Navbahor"da "Paxtakor" qurmoqchi(mi?)

Babayan "Navbahor"da "Paxtakor" qurmoqchi(mi?)

Baho:
+ | -

“Navbahor” bir necha yillardan beri O‘zbekiston Superligasida chempionlikni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda.Biroq, namanganliklar mavsum oxirida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan holda chempionlikdan mahrum bo‘lmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan yangi mavsumda yana chempionlikni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qiladi. Buni amalga oshirilgan transferlardan ham ko‘rish mumkin.

Al Ittihod Navbahor o‘yini rasmlari 2

Keling! “Navbahor” o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tsak:

1 — Odil Hamrobekov — Yarim himoyachi

Ayni payda Superligada faoliyat olib boradigan yarim himoyachilar orasida ajralib turuvchi Odil Hamrobekov endi “Paxtakor”ning so‘ngi mavsumlardagi asosiy raqibi “Navbahor” safiga borib qo‘shildi. Ushbu futbolchi bir necha yillardan beri “Paxtakor” sharafini himoya qilgan holda “sherlar”ga chempionlikni qo‘lga kiritishda katta yordam bergan. Shu sababli Babayan o‘z jamoasida ushbu futbolchini qo‘shib oldi.

Bundan ko‘rinadiki, Babayan o‘z jamoasini kuchaytirish bilan birgalikda asosiy raqibini qandaydir ma’noda kuchsizlantirishga ham erishdi. Ma’lumot uchun, Odil Hamrobekov 1996 yilda tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Nasaf”, “Shabab Al Ahli” (BAA) va “Paxtakor” safida harakat qilgan. Hamrobekov ushbu jamoalar safida umumiy 144 o‘yinda ishtirok etgan. Hamrobekov shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ham asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U o‘z darajasini Osiyo kubogida ham ko‘rsatib qo‘ydi va almashtirib bo‘lmas futbolchi ekanligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Hamrobekov o‘tgan mavsumda “Paxtakor” safida 30 o‘yinda ishtirok etdi va ikkita gol urib, bir golli uzatmani amalga oshirdi.

2 — Farrux Sayfiyev — Himoyachi

Babayan “Paxtakor”ning yana bir asosiy futbolchisi Farrux Sayfiyevni olib qo‘ydi. Bu bilan namanganliklar yangi mavsum oldidan chap qanot muammosini hal qildi. Sababi Sayfiyev uzoq yillardan beri Superligada eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, muntazam ravishda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham chaqiruv oladi.

Ma’lumot uchun Sayfiyev 1991 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari sharafini himoya qildi va 205 o‘yinda ishtirok etdi. Farrux himoyachi bo‘lishiga qaramasdan gol urish bo‘yicha statistikasi ham yaxshi. Chunki u “Nasaf” safida 13ta, “Paxtakor” safida esa 7ta gol urishga erishgan. Sayfiyev o‘tgan mavsumda “Paxtakor” safida 31 o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urgan va 8ta golli uzatmani amalga oshirgan.

3 — Siyavash Haqnazari — Yarim himoyachi

“Navbahor” eronlik yarim himoyachi Siyavash Haqnazarini ham o‘z safiga qo‘shib oldi. Haqnazari o‘tgan mavsumda OKMK safida ajoyib harakat qildi va 31 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Siyavash Haqnazari 1995 yilda tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Malavan”, “Skala”, “Voln” hamda OKMK safida harakat qilgan. Siyavash ushbu jamoalar safida umumiy 150 o‘yinda ishtirok etib, 26ta gol urishga erishgan.

4 — Ruslanbek Jiyanov — Hujumchi

Olimpiya terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri Ruslan Jiyanov Rossiyadagi nisbatan muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin “Navbahor” safiga borib qo‘shildi. Bu transfer orqali Babayan o‘tgan mavsumda yorqin o‘yin ko‘rsatgan Oston O‘runov o‘rnini Jiyanov bilan to‘ldirdi. Ma’lumot uchun, Jiyanov 2001 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Olimpik” va “Pari Nijniy Novgorod” jamoalarida to‘p tepgan. Jiyanov ushbu jamoalar safida umumiy 51 o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urishga erishgan.

Rasman: Ruslan Jiyanov

Ruslan Jiyanov yosh iqtidorli futbolchilardan biridir. U aprel oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo kubogida ishtirok etishi kutilmoqda.

5 — Nurmuhammad Toshpo‘latov — Yarim himoyachi

Ushbu futbolchi 2002 yilda tug‘ilgan. U o‘tgan mavsumda “Lokomotiv” bilan Pro ligada ishtirok etib, 17 o‘yinda maydonga tushgan va 2ta gol hamda bir golga assistentlik qilgan. Ma’lumot uchun, Toshpo‘latov “Lokomotiv” safida Superligada ham ishtirok etgan va 28 o‘yinda maydonga tushib, bir golga assistentlik qilgan.

Bundan tashqari Nurmuhammad O‘zbekiston kubogi bahslarida ham “Loko” sharafini himoya qilgan holda 8 o‘yinda ishtirok etgan va bir gol urishga erishgan.

6 — Giorgi Nikabadze — Hujumchi

Gruziyalik ushbu futbolchi 1991 yilda tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Banaga”, “Guriya”, “Kolxeti-1913», “Telavi”, “Merani”, “Dinamo” (Batumi), “Samgurali”, “Gudiya Yunayted” hamda Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari safida harakat qilgan.
Nikabadze o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida farg‘onaliklar safida harakat qildi va 12 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” “Neftchi”dan hujumchi sotib olishni yaxshi ko‘radi. Chunki namanganliklar o‘tgan mavsumda ham farg‘onaliklar olib kelgan legioner Toma Tabatadzeni ham sotib olgan edi. Toma hozirda “Navbahor”ning asosiy hujumchisiga aylangan.

7 — Aleksandr Lobanov — Darvozabon

O‘zbek futbol muxlislarining hech ham yodidan chiqmaydigan ushbu darvozabon yana Samvel Babayan bilan birga ishlaydi. “Navbahor” O‘tkir Yusupovga o‘rinbosar sifatida Labanovni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ma’lumot uchun, Labanov 1986 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Paxtakor”, OKMK, “So‘g‘diyona”, “Kaysar-Jas”, “Akjayik”, “Buxoro”, “Persepolis” hamda “Metallurg safida harakat qilgan. U o‘zi faoliyat olib borgan jamoalari safida umumiy 310 o‘yinda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksand Lobanov faoliyati davomida uch karra O‘zbekiston chempioni va Eron chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Ko‘rib turganingizdek, Samvel Babayan “Navbahor”ga ham tajribali ham yosh futbolchilarni jalb qildi. Bundan tashqari, jamoaning asosiy futbolchilari bo‘lgan Jamshid Iskandarov va O‘tkir Yusupov bilan ham shartnoma uzaytirildi.

Bu orqali jamoa Superliganing 2024 yilgi mavsumida asosiy favoritga aylandi.
Ko‘ramiz! “Navbahor” yangi mavsumda kuchaytirilgan tarkib bilan qanday o‘yin ko‘rsatar ekan?

Manba: std.uz
Kiritildi: 15:02, 29.02.2024.
O'qildi: 5634 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.